Dunyodagi vaziyat: «Delta» Qozoğistonga yetib keldi, Avstraliya yana bir tölqindan xavotirda
|19:39 / 23.06.202128 0137 min
Hindistonda sönggi oylarda ilk marta kunlik kasallaniş holatlari pasaydi, Avstraliyada esa aksinça, vaziyat yomonlaşmoqda. Yevropaning ayrim davlatlari qat'iy çeklov çoralarini yumşatişni rejalaştirmoqda.
DMITRY FEOKTISTOV/TASSDMITRY FEOKTISTOV/TASS
AQŞ kasallaniş holatlari va ölimlar soni böyiça yetakçilikni saqlab qolmoqda - mos ravişda 34,4 mln va 617 ming. Jahon reytingi uçligini Hindiston (30 mln kasallaniş, 390,2 ming ölim) va Braziliya (18 mln - 504,8 ming) töldirgan.
Rossiyaning barça 85 regionida sönggi bir kunda 17 ming 594ta kasallaniş holati qayd etildi va bu fevral oyidan buyon eng yuqori körsatkiç, Moskvaning öziga kuniga 6534 holat töğri kelmoqda. Mamlakat böylab jami 546 kişi kasallikdan ölim topgan, holbuki bir kun oldingi körsatkiç 86ta edi.
Kasallaniş darajasi oşişi munosabati bilan Moskva meri Sergey Sobyanin şaharda konsertlar, tomoşalar, köngiloçar dasturlar va sport tadbirlari ötkazilişiga çeklov joriy etdi - bunday marosimlarda iştirokçilar soni 500 nafardan oşmasligi kerak. Bunday çeklovlar ham oçiq, ham yopiq inşootlardagi tadbirlarga taalluqli hisoblanadi.
Yevropa: töliq erkinlik uçun bir qadam
Buyuk Britaniya boş vaziri Mett Henkok har kungi media-brifingda katta ehtimol bilan 19 iyuldan mamlakat böylab sönggi çeklov çoralari bekor qilinişi mumkinligi haqida gapirdi.
Bu hukumat qişda joriy qilgan umummilliy lokdaundan çiqişning törtinçi va sönggi bosqiçi böladi.
Navbatdagi bosqiçda savdo nuqtalari va korxonalar töliq oçilişi, şuningdek, britaniyaliklarning ijtimoiy hayotidagi sönggi çeklovlar yeçilişini nazarda tutadi.
Henkok hukumat mamlakat fuqarolari uçun xalqaro safarlar böyiça çeklovlarni yumşatişni ham istayotganini ma'lum qilgan. Xususan, vaksinalarni töliq dozada qabul qilgan britaniyaliklardan uyga qaytgandan keyin 10 kunlik karantinda ötiriş talab etilmaydi.
Vazir ilmiy hamjamiyat hozirça bunday qadamni tavsiya etmayotganini qayd etgan, şu bilan birga, vaksinatsiya jarayonidan maqsad ham fuqarolarni odatiy hayot tartibiga qaytariş hisoblanişini ta'kidlab ötgan. Britaniya turizm sanoati ham çeklovlar butunlay olinişini kutmoqda, bu soha yozda ötgan yildagi zararlarini qoplab olişga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
Ammo jurnalistlarning çeklovlar qaçon butunlay bekor qilinişi haqidagi savoliga javoban Henkok aniq muddat aytmagan, faqat xavfsiz deb hisoblanganda, ehtimol avgustdayoq şunday qadam taşlanişini bildirgan.
Italiyada 28 iyundan köçada niqobda böliş majburiyati bekor böladi. Bu qoida mamlakatda ötgan yil oktyabridan buyon amal qilmoqda va sönggi qat'iy karantin çoralaridan biri sifatida qolmoqda.
Mamlakatda aprel oyidan buyon bosqiçma-bosqiç ravişda barlar, restoranlar, kinoteatrlar, sportzallar oçilişi boşlangandi. Şuningdek, Italiya hududi böylab erkin harakatlaniş tartibi tiklangandi.
Ammo niqob rejimi bekor qilinişi uçun hukumat statistik körsatkiçlar yanada pasayişini kutişdi.
Hozirga kelib kunlik kasallaniş körsatkiçlari yil boşidan buyon eng quyi darajaga tuşgan, şifoxonalarga yotqizilganlar soni ham minimal holatda.
Italiyaliklarning 26 foiziga yaqini töliq emlangan, 52 foiz aholi kamida bir doza qabul qilgan.
Şu bilan birgalikda, jamoa transportida niqobda böliş talabi yana bir qança vaqtgaça öz kuçida qoladi.
Keyingi hafta boşidan Italiyadagi barça 20 region «oq hudud» sifatida e'lon qilinadi - mahalliy kovid-klassifikatsiyasi böyiça eng xavfsiz hududlar.
Fransiyada modalar uyi faoliyati bir yarim yillik tanaffusdan keyin tiklanmoqda. Parij modalar haftaligida taklif etilgan 72 modalar uyidan 6tasi jonli tarzda öz kolleksiyalarini namoyiş etadi, ular orasida Dior va Hermes ham bor. Louis Vuitton, Dries Van Noten, Loewe, Tom Browne va boşqa yana köplab brendlar hozirça namoyişlarni virtual makonda ötkazişni ma'qul körmoqda.
Avvalroq Milanda modalar haftaligi bölib ötgan, podiumga 47 iştirokçi orasidan uç brend kötarilgan - Dolce and Gabbana, Etro va Armani.
Hozirça Nyu-York va London modalar haftaliklari onlayn formatni saqlab qolmoqçi, ammo uşbu sanoat sohasidagi ekspertlar bosqiçma-bosqiç odatiy hayot tarziga qaytiş mumkin deb hisoblaşmoqda.
Dunyodagi vaziyat: «Delta» ştammi va yangi vaksinalar
Hindistonda kunlik kasallaniş körsatkiçlari sönggi uç oy içida ilk bor 50 mingdan kamroq böldi. Sönggi bir kunda mamlakatda 42 mingta holat qayd etilgan.
Vaksinatsiya kampaniyasi tezlaştirildi, emlaniş mumkin bölgan köplab punktlar kuniga 24 soat işlamoqda. Duşanba kunining özida 8 million kişi vaksina dozalarini qabul qilgan va bu kunlik rekord körsatkiç hisoblanadi.
Öz navbatida, Hindiston muxolifati hukumatni diqqatni yöqotmaslikka va epidemiyaning ehtimoliy uçinçi tölqiniga tayyorgarlik körişga çaqirmoqda.
Ikkinçi tölqin vaqtida dori-darmon, kislorod va şifoxona koykalari yetişmovçiligi kuzatildi.
Hindiston kasallaniş holatlari böyiça dunyoda ikkinçi örinda joylaşgan (qariyb 30 mln kişi virusga çalingan), qurbonlar soni böyiça esa uçinçi örinda (389,3 ming kişi).
Avstraliyaning Sidney şahrida majburiy niqob rejimi noma'lum muddatga uzaytirildi.
Sidney - aholi gavjum yaşaydigan Yangi Janubiy Uels ştati poytaxtidir, bu hududda kasallaniş körsatkiçlari keskin oşgan.
Sönggi bir kunda atigi 10 kişida virus aniqlangan bölsa-da, Avstraliya hukumati vaziyatga jiddiy qaramoqda, dastlab Hindistonda aniqlangan «Delta» ştammi uşbu mamlakatga ham kirib kelgan.
Mamlakat çegaralari amalda yopiq holatda, faqat Yangi Zelandiya bilan aviaqatnovlar amalga oşirilmoqda. Rasmiylar uşbu ştammning Avstraliyaga kirib keliş yöllarini yopişga harakat qilmoqda.
Bu vaqtda Qozoğiston hukumati «Delta» mamlakat poytaxti Nursultonga yetib kelganini ma'lum qildi. Sönggi haftada şaharda kunlik kasallaniş körsatkiçi 40 foizga oşgan, qator bemorlarning tahlil natijalari ularga yangi ştamm yuqqanini körsatgan.
Mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Aleksey Tsoy regionlar rasmiylarini şifoxonalarni kasallanişning yangi tölqiniga tayyorlaşga çaqirgan, «Delta» ştammi tez orada poytaxtdan taşqariga tarqalişi kutilmoqda. Vazir asosiy e'tiborni sun'iy nafas oldiriş apparatlari sonini köpaytirişga qaratişga çaqirgan.
Qozoğistonda sönggi bir kunda 1248ta kasallaniş holati qayd etilib, 12 bemor vafot etdi.
Qozoğiston Markaziy Osiyodagi koronavirusdan eng köp jabrlangan mamlakat hisoblanadi. Pandemiya boşidan buyon bu yerda 411 mingdan ortiq kasallaniş holati qayd etilgan, şundan 4,2 mingdan ortiq bemor vafot etgan, ayni vaqtda şifoxonalarda 20 mingdan ortiq bemor davolanmoqda.
Kubalik olimlar koronavirusga qarşi vaksina - Abdala’ni işlab çiqişdi. Preparat uç dozada qabul qilinadi, Kuba soğliqni saqlaş vazirligining ma'lum qilişiça, uning samaradorligi 92 foizdan ortadi. Klinik sinovlar mart oyi örtalarida ötkazilgan va mamlakat fuqarolarining aksar qismi ikkinçi dozani olib bölgan.
Şuningdek, yana bir vaksinani tayyorlaş jarayoni ketmoqda - uning nomi Soberana Dos. Bu vaksina samardorligi ikki inʼeksiyadan keyin 62 foiz bölişi aytilmoqda, uni takomillaştiriş uçun harakat davom etmoqda.
Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel olimlarni tabrikladi va ön yillar davomida Amerika blokadasida yaşagan kiçik orol uçun bu katta yutuq ekanini ta'kidladi.