17 may kuni Hindistonda 4329 kişi koronavirusdan vafot etdi. Bu pandemiya davridagi rekord körsatkiç hisoblanadi. Şu kuni Hindistonda 263,5 ming kişiga virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan. Eng köp kasallaniş holatlari Karnataka ştatida qayd etilib, bu yerda bir kunda 38,6 ming bemor aniqlangan.

Mamlakatda koronavirusga qarşi emlaş işlari olib borilmoqda. Hozirda deyarli 185 million kişi yoki mamlakat aholisining taxminan 13 foizi Covid-19’ga qarşi emlangan.

18 may holatiga mamlakatda kasallanganlar soni 25 228 996 nafarni taşkil qilmoqda. Koronavirusga çalingan 278 751 nafar fuqaro vafot etgan.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti koronavirusning «hindça» ştammi öta yuqumli va antitanalarga çidamliligi bilan öta xavfli hisoblanişi haqida ma'lum qilgan edi.

Özbekistonga «hindça» ştamm kirişining oldini oliş maqsadida 10 maydan Hindistonga amalga oşirilayotgan özaro aviaqatnovlarga vaqtinçalik çeklovlar joriy qilingandi.

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati taklifiga muvofiq, Hindistondan Özbekistonga kirib kelayotgan barça şaxslardan koronavirus infeksiyasiga davlat budjeti mablağlari hisobidan PZR tekşiruvini ötkaziş tizimi yölga qöyildi.

Ayni paytda ham Hindistondagi epidemiologik vaziyat oğirligiça qolmoqda. Kun.uz muxbiri uşbu mamlakatdan yurtimizga kirib kelayotgan yölovçilar bilan amalga oşiriladigan xavfsizlik çoralari yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov bilan boğlandi. Uning sözlariga köra, ayni vaqtda mamlakat bilan aloqalar töxtatilgan bölib, charter reyslar yölga qöyiladigan holatlarda yölovçilardan koronavirus infeksiyasiga PZR test namunasi aeroport kutib oliş zalida olinadi va belgilangan tartibda uy yoki mehmonxonada 14 kun davomida karantinda böliş uçun jönatiladi.

«Oxirgi 14 kunda Hindiston davlatida bölib, yurtimizga kirib keladigan bölsa, albatta yölovçida manfiy natijali PZR testi bölişi şart. Şunda ham respublikamizga kirgaç bu yölovçi bepul antigen test topşiradi va belgilangan tartibda agar Özbekiston fuqarosi bölsa öz uyida, boşqa davlat fuqarosi bölsa mehmonxonada 14 kunlik karantin muddatini ötaşlari şart böladi», deya ma'lum qildi u.