Hindiston aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi ijtimoiy tarmoqlardan koronavirusning mamlakatda tarqalgan turi “hindça ştamm” deb atalgan barça ma'lumotni öçirişni talab qildi. Ta'kidlanişiça, uşbu ştamm rasman B.1.617 deb ataladi va “hindça ştamm” atamasining işlatilişi Hindiston nufuziga putur yetkazadi.
Vazirlikning ijtimoiy tarmoqlarga egalik qiluvçi kompaniyalarga yöllagan maktubida JSST koronavirusning birorta ştammiga bunday nom bermagani ma'lum qilingan va ulardan “hindça ştamm”ni nazarda tutuvçi barça ma'lumotni darhol öçirib taşlaş talab qilingan.
“Koronavirusning bunday nomdagi varianti yöq. JSST birorta ham xabarida B.1.617 ştammiga nisbatan “hindça ştamm” atamasini qöllamagan”, deb aytilgan vazirlikda va virusning uşbu turini bunday ataş uçun heç qanday asos yöqligi ta'kidlab ötilgan.
Öz navbatida, JSSTning Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlaridagi mintaqaviy byurosi JSST virus yoki ştammlarni ular birinçi marta qayd qilingan davlatlar nomlari bilan belgilamasligini ta'kidlab ötgan.
“Biz ularga ilmiy nomlari böyiça murojaat qilamiz va bir xillik uçun barçadan ham şunday qilişni iltimos qilamiz”, deb aytilgan xalqaro taşkilotda.
Ma'lumotlarga köra, aprel oyida Hindiston hukumati Twitter va Facebook’dan mamlakat boş vaziri Narendra Modining koronavirusga qarşi kuraş çoralarini tanqid qiluvçi xabarlarni öçirib taşlaşni söragan.

















