O‘zbekiston | 20:53 / 12.02.2020
3162
1 daqiqa o‘qiladi

Avgustdan Toshkentda qurilish loyihalari faqat elektron shaklda ekspertizadan o‘tkaziladi

Shu yilning avgust oyidan boshlab Toshkent shahridagi qurilishlar bo‘yicha loyihalar ekspertizasi yangi tartibda amalga oshirila boshlanadi. Unga ko‘ra, ekspertlar loyihalarni internet tarmog‘i orqali qabul qiladi, ekspertizadan o‘tkazib, internet tarmog‘i orqali buyurtmachiga qaytaradi. Bu haqda Qurilish vaziri birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov ma'lum qildi. 

«Hozirgi kunda bizda loyihalar qog‘oz ko‘rinishida ekspertizadan o‘tkaziladi. Buning uchun loyihachilar bir nechta ko‘rinishda loyihani nashrdan chiqarib, olib keladi, ekspertlar uni qanchadir vaqt ichida ko‘rib chiqadi, keyin muammoli joylarini qog‘ozda qayd etilgan holda qaytarardi. Bu vaqt yo‘qolishiga, turli anglashilmovchiliklar va korrupsiyaga ham sabab bo‘lishi mumkinligi vajidan zudlik bilan raqamlashtirishni boshlab yubordik. 

Endilikda, ekspertlar o‘zi ishlayotgan joyda, masofadan turib, loyihachilardan internet orqali oladi, uni ekspertizadan o‘tkazadi va elektron shaklda javobini beradi. 2020 yil avgust oyida test tartibida, 2021 yil 1 yanvaridan butun respublikada loyihalar ekspertizasi elektron tizimida olib boriladi», - dedi Sherzod Hidoyatov.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid