Toşkent şahar hokimining «Axborot, hisobot, muloqot» şaklidagi uçraşuvi doirasida quriliş obektlarida ekologik normalarni joriy etiş va maydonlarni yagona tartib asosida taşkil etişga qaratilgan yangi loyiha taqdim etildi.

Loyihaga köra, quriliş obektlari taşqi tomondan maxsus tösiqlar bilan öraladi. Şuningdek, obekt pasporti örnatilib, unda quriliş haqidagi barça zarur ma’lumotlar joylaştiriladi. Piyodalar xavfsizligi uçun himoya soyabonlari taşkil etiş ham majburiy talablardan biri böladi.

Quriliş maydonlari atrofida mikroiqlim yaratiş tizimlari, suv purkagiç va dozatorlar örnatiş rejalaştirilgan. Bu çoralar havoga tarqaladigan çang miqdorini kamaytirişga xizmat qiladi.

Quriliş jarayonlarini doimiy kuzatib boriş maqsadida videokuzatuv kameralari örnatiladi va ular Quriliş nazorati inspeksiyasining yagona tizimiga integratsiya qilinadi. Bundan taşqari, ekologik datçiklar, tungi kuzatuv vositalari, artezian quduqlari, avtomobillarni yuviş maydonçalari hamda avtomatik elektr hisoblagiçlari joriy etiladi.

Şuningdek, quriliş texnikalarining şahar köçalariga toza holda çiqişini ta’minlaş ham asosiy talablardan biri sifatida belgilanmoqda.

Ma’lum qilinişiça, poytaxtdagi 1700 ga yaqin quriliş obektini yangi talablarga moslaştiriş uçun quriliş taşkilotlariga muayyan muddat beriladi.

Uçraşuv davomida aholi va mutaxassislarning takliflari ham muhokama qilindi. Toşkent şahar hokimi loyihani takomillaştiriş böyiça konstruktiv takliflar inobatga olinişini ta’kidladi.