Yiğilişda mamlakat böyiça kriminogen vaziyat murakkab bölgan, «qizil» toifaga kiritilgan mahallalar eng köp Toşkent şahri, Farğona, Qaşqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlariga töğri kelgani körsatib ötildi.

Ötgan olti oyda mahalladagi öta oğir va oğir jinoyatlar Farğona, Toşkent viloyati, Toşkent şahri, Buxoro, Andijon, Qaşqadaryo viloyatlarida eng köp sodir etilgan.

Farğona şahrida öğrilik, Namangan şahrida bezorilik, Qöqon şahrida tan jarohati, Samarqand şahrida nomusga tegiş va tovlamaçilik, Mirobod tumanida qotillik köp yuz bergan.

Ijtimoiy-iqtisodiy muammosi hal etilmasa jinoyat yöliga kiriş ehtimoli yuqori aholi qatlami bilan yangiça işlaş tizimi joriy qilingan edi.

Unga köra, bunday toifaga kiruvçi aholi «ijtimoiy profilaktika» tamoyili asosida «mahalla beşligi»ga nomma-nom biriktirilgan.

Lekin, Içki işlar, Kambağallikni qisqartiriş vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qömitasi bu masalaning içiga çuqur kirmagan, «mahalla beşligi» uçun na bir metodika, na bir qöllanma işlab çiqqan.

Oqibatda uşbu yangi tizim 9 ming 400 ta mahalladan bor-yöği 20 tasida işlayapti.

«Nima iş qiliş kerakligini bilmagan ayrim profilaktika inspektorlari esa boğçalarga borib, 3-4 yoşli bolakaylarga «oq-qorani farqlaş» böyiça ma’ruza öqiş bilan band.

Tizimda staji 3 yilgaça bölgan, endi tajriba töplayotgan profilaktika inspektorlarini kriminogen oğir mahallaga qöyiş amaliyoti haligaça davom etmoqda.

Aksinça, «yaxşi» mahallalarda esa köp yillik tajribasi bor xodimlar xizmat qilmoqda», - dedi prezident.

Içki işlar vaziriga kadrlarni tanlaş va joy-joyiga qöyiş işlari qoniqarsiz yölga qöyilgani körsatib ötildi.

  • Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda içki işlar xodimlari bolalar boğçasida tarğibot tadbiri ötkazgani, hali esini ham tanimagan bolalarga xuddi kattalardek pand-nasihat qilgani aks etgan video tarqalgandi.
  • Keyinroq Keyinroq bu holat 18 iyul kuni Toşkent şahri Uçtepa tumanidagi davlat boğçalaridan birida sodir bölgani ma’lum böldi. Toşkent şahar MMTBga