Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda saqlash qoidalariga rioya etilmagan dori vositalari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Bojxona xodimlari hamkorligida Toshkent shahar Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida saqlash qoidalari buzilgan, hujjatlarsiz dori vositalari savdosi fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro D.N. qo‘lga olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan 9 turdagi jami 542 quti dori vositalarini fuqaro B.S.ga 6 400 AQSh dollariga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan dori vositalariga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagani, shuningdek ularni saqlash uchun belgilangan me’yor va talablarga rioya etilmagani aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026