Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistondagi TDT sammitida ishtirok etishi kutilmoqda
6 noyabr kuni Bishkekda Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) sammiti boshlanadi.
Bishkek 6 noyabr kuni boshlanadigan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) XI sammitida ishtirok etadigan davlat rahbarlarini kutib olishga hozirlik ko‘rmoqda.
24.kg ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 4 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘iziston poytaxtiga boradi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 5 noyabrga o‘tar kechasi, kunduzi esa Ozarboyjon, O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari tashrif buyurishi kutilmoqda. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 6 noyabr kuni ertalab hamkasblari bilan uchrashadi.
Bishkekda bo‘lib o‘tadigan TDT sammitining asosiy mavzusi «Turk dunyosini mustahkamlash: iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va barcha uchun xavfsizlik» bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:34
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026
Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotganlarga 9 yillik qamoq jazosi so‘raldi
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026