Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada IShID rahbarlaridan biri o‘ldirildi
Suriyada Rossiya va Suriya aviatsiyasi hamkorligida o‘tkazilgan amaliyot davomida IShID yetakchilaridan biri Lavdrim Muxadjyeri o‘ldirildi, uning yonida bo‘lgan 6 qo‘riqchisi ham halok bo‘lgan. Bu haqda pronews.gr xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, Muxadjyerining o‘limi haqidagi xabarlardan keyin Kosovo psevdodavlati infratuzilmalar vaziri Lufti Zarku va Kachanikedagi diniy uyushma rahbari Florim Neziray marhumning oilasiga tashrif buyurib, hamdardlik bildirgan.
OAVdagi ma'lumotlarga ko‘ra, Muxadjyeri o‘z vaqtida NATOning Kosovodagi missiyasi xodimi bo‘lib ishlagandi.
Lavdrim Muxadjyeri Suriyada Abu Abdulla al-Kosovo taxallusi bilan faoliyat yuritgan, u AQSh Davlat departamenti tomonidan 2014 yili terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgandi.
Mavzuga oid
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
11:39 / 01.12.2025