Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kripto-birjalar faoliyati faqat chet el yuridik shaxslari tomonidan litsenziya asosida amalga oshiriladi
O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 3926-sonli Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, kripto-birjalar va kripto-aktivlar aylanmasi bo‘yicha faoliyatga qimmatli qog‘ozlar, birja va birjalar faoliyatiga oid qonunchilik tatbiq etilmaydi.
Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar O‘zbekiston hududida sho‘'ba yoki boshqa turdagi tashkilotlarini ochish asosida faqat chet el yuridik shaxslariga beriladi. Bunda ularning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga nisbatan valyutani tartibga solishga doir qonunchilikning me'yorlariga tatbiq etilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq operatsiyalari soliqqa tortish obekt hisoblanmaydi, ulardan olingan daromad esa soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydi. Shu bilan birga, kripto-birjalar ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofot, shu jumladan kripto-aktivlar olish hamda ularning mijozlardan undiriladigan miqdorini belgilash, shuningdek kripto-aktivlarni milliy va chet el valyutalari orqali tasarruf etish hamda boshqa kripto-aktivlarga almashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan birja kelishuvlarini tashkil qilish huquqiga ega bo‘lishi belgilandi.
Qaror ijrosi nazorati O‘zbekiston Respublikasi Prezident ma'muriyati rahbari Z.Sh.Nizomiddinov, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari D.R.Li va Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklatildi.
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025