Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergeli mashina bozori o‘rnida ko‘ngilochar maskan qurilishi haqidagi xabarlar rad etildi
Toshkent shahar hokimiyati va Sergeli bozori ma’muriyatining Kun.uz’ga izoh berishicha, bozorni ko‘chirish va uning o‘rnida istirohat bog‘i qurish masalasi kun tartibida yo‘q.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanidagi mashina bozori o‘rnida yangi istirohat bog‘i qurilishi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritish uchun Sergeli bozori (“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MChJ) ma’muriyati bilan bog‘landi.
“Sergeli mashina bozori o‘rnida ko‘ngilochar maskan quriladi degan ma’lumotlar har xil telegram kanallarda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda, ushbu ma’lumot noto‘g‘ri hamda tasdig‘ini topmagan. Hozirgi kunda Sergeli mashina bozorining o‘rniga ko‘ngilochar maskan qurilishi yuzasidan hech qanday rasmiy ma’lumotlar yo‘q”, deydi bozor direktori o‘rinbosari Rufat Mavlonov.
Toshkent shahar hokimiyatining Kun.uz’ga izoh berishicha, bozorni ko‘chirish ham, uning o‘rnida istirohat bog‘i qurish g‘oyasi ham kun tartibida yo‘q.
Mavzuga oid
11:23 / 14.01.2026
Maxsus komissiya Yangihayot va Sergeli tumanlarida ekologik reyd o‘tkazdi
17:18 / 18.11.2025
O‘zbekiston avtomobil bozorida talab tiklana boshladi
12:14 / 18.11.2025
Sergeli tumanida Salar kanali ustidan yangi ko‘prik quriladi
12:21 / 31.10.2025