Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida Damas va Spark to‘qnashdi: bir yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi
31 oktyabr kuni soat 00:10 larda Sergeli tumani THAY ko‘chasi, Qo‘yliq-5 dahasi metro bekati qarshisida Damas va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Damas yo‘lovchiciga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatiga ko‘ra, 1984 yilda tug‘ilgan I.B. boshqaruvidagi Damas hamda 1999 yilda tug‘ilgan O.A. boshqaruvidagi Spark avtomashinalari 2025 yil 31 oktyabr kuni soat 00:10 larda Sergeli tumani THAY ko‘chasida, Qo‘yliq-5 dahasidagi metro bekati qarshisida to‘qnashdi.
Hodisa natijasida Damas yo‘lovchisiga tibbiyot xodimlari tomonidan joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv yakunlariga ko‘ra ma’lum qilinadi.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2026
Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu'da uchta bolani urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
16:40 / 16.05.2026