Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Özbekiston avtomobil bozoridagi faollik böyiça yangilangan tahlilni e’lon qildi.
Oktyabr oyi yakunlariga köra, respublikada barça turdagi avtotransport vositalari savdosi 112,5 ming donaga yetgan. Bu körsatkiç ötgan oyga nisbatan 11 foiz yuqori. Savdo faolligi barça asosiy bozor segmentlarida oşgani qayd etilgan.
Birlamçi va ikkilamçi bozorlarda yengil avtomobillar segmenti oylik 12,7 foiz ösişni körsatgan va 95,4 ming donani taşkil etgan. Eng yuqori ösiş Namangan, Jizzax va Buxoro viloyatlarida qayd etilgan bölib, bu hududlarda savdolar 20 foizdan ziyodga oşgan. Şu bilan birga, Samarqand viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasida faollik biroz pasaygani kuzatilgan.
Birlamçi bozoridagi vaziyat
Oktyabr oyi natijalariga köra, birlamçi bozorda yengil avtomobillar savdosi qariyb 19 foizga oşdi, bu esa qöşimça 6 ming dona avtomobil sotilganini körsatadi. Segment doirasida mahalliy işlab çiqarilgan yangi yengil avtomobillar toifasida sotuvlar 33,4 ming donaga yetdi, bu ötgan oyga nisbatan 22 foizga köp.
Yangi xorijiy avtomobillar sotuvi biroz ösiş (+1,1 foiz) bilan sentabr oyi körsatkiçlaridan oşib, 4,5 ming donani taşkil etdi.
Ikkilamçi bozor
Oktyabr oyida yengi avtomobillarining ikkilamçi bozorida sotuvlar ötgan oyga nisbatan 9 foizga oşib, 57,4 ming donani taşkil etgan.
Ikkilamçi bozorda elektromobillar sotuvi 3 ming donadan oşib, oylik hisobda 15,2 foiz ösiş qayd etilgan. Uşbu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 2,3 barobar köp.











