Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Cobalt va Damas to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
Farg‘ona viloyati Furqat tumanida haydovchi Cobalt'da qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, oldinda kelayotgan Damas bilan to‘qnashgan. Buning oqibatida Damas'da ketayotgan er-xotin vafot etdi.
Foto: Videodan kadr
Farg‘ona viloyati Furqat tumanida Cobalt va Damas ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi.
Hodisa Furqat tumanidagi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi atrofni tuman qoplagan bo‘lishiga qaramay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan.
Bu vaqtda ro‘paradan kelayotgan Damas uni payqamay qolgani ortidan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda Damas haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i esa shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Cobalt haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa/muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan ish ochilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, fuqaro 3 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Sudlanuvchi sud zalidan qamoqqa olindi. Unga tayinlangan jazo manzil-tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
Mavzuga oid
20:16 / 09.04.2026
Shavkat Mirziyoyev So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
23:34 / 07.04.2026
Namangan va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora olayotganida qo‘lga olindi
08:25 / 18.03.2026
Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
14:12 / 17.03.2026