Farğonada bozor nazoratçisining quloğini tişlab, uzib olgan şaxs jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.

Sud hujjatida keltirilişiça, 2025 yil 14 oktyabr kuni Qöqon şahrining Urganjiboğ mahallasidagi bozorda ikki sotuvçi ayol joy talaşib, janjallaşgan. Bozor nazoratçisi bölib işlovçi Q.O. voqea joyiga kelib, ularni ajratib qöyişga uringan. Şunda şu yerda somsa sotuvçi boşqa bir ayolning 38 yoşli öğli H.I. nazoratçi bilan janjallaşib ketgan.

Erkak bozor nazoratçisini avvaliga qöllari bilan urgan. Söngra uning quloğini tişlab, bir qismini uzib olgan.

Sudga oid tibbiy ekspertiza bozor nazoratçisining “öng quloq suprasida yuzaga kelgan çandiq vaqt ötişi bilan bilinmaydigan darajada töliq silliqlanib ketmasligi va unga nisbatan plastik operatsiya, çandiq yetilganidan söng ötkaziş talab qilinişi” haqida xulosa bergan.

H.I. sudda aybiga qisman iqror bölgan va bozor nazoratçisi onasi somsa sotadigan aravaçani tortqilagani uçun janjallaşganini bildirgan.

“Onam somsa sotadigan aravaçani tortqilab, bu yerdan yiğiştirişni aytdi. Men aravaçaga tegmasligini söraganimda qöpol muomala qildi. Şunda uning yuziga ikki marotaba urib yubordim. U meni oyoğimdan çalib yiqitdi va ustimga özi yiqildi. Nazoratçining öng quloğini tişlab, uzib oldim: quloğining bir bölagi oğzimda qolib ketdi”, degan öz körsatmasida sudlanuvçi.

Şu tariqa, ularni atrofdagilar ajratib qöyişgan.

Jabrlanuvçi sudda hozirgi kunga qadar quloğini davolatiş uçun qariyb 14 mln söm sarflaganini, endilikda plastik operatsiya qildiriş uçun yana 70 mln söm kerakligini aytib, sudlanuvçidan yetkazilgan moddiy zararlarni undirib berişni söragan.

JIB Furqat tuman sudining 2026 yil 13 martdagi hukmi bilan H.I. Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 2-qismi “b,ye” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qöllangan holda 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.

Sudlanuvçiga qöllangan garov ehtiyot çorasi özgartirilib, u darhol sud zalida qamoqqa olingan.

Şuningdek, sudlanuvçidan jabrlanuvçi foydasiga 13 mln 752 ming söm moddiy zarar undiriş belgilangan.