Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironlar huquqini himoya qilish bo‘yicha klinika ochiladi
Klinika nogironligi bo‘lgan insonlar uchun bepul huquqiy maslahatlar berish bilan shug‘ullanadi.
Foto: Maksim Bogodvid
Toshkent davlat yuridik universitetida AQShning Sirakyuz universiteti bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslarga beg‘araz huquqiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan yuridik klinika tashkil etiladi.
Bu – TDYuU, «El-yurt umidi» jamg‘armasi, Bosh prokuratura Akademiyasi va Sirakyuz universiteti o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumi doirasida amalga oshiriladi.
Memorandumga ko‘ra, yuridik klinika jamiyatning eng zaif qatlami vakillari huquq va manfaatlarini himoya qilish, nogironligi bo‘lgan insonlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni jamiyatning teng huquqli a'zosiga aylantirishga xizmat qiladi.
Klinika faoliyatiga AQShning xalqaro darajadagi yuqori malakali yuristlari hamda Sirakyuz universitetining talabalari jalb etiladi.
Klinika 2021 yil yanvar oyidan faoliyat boshlashi rejalashtirilgan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlar va veb-sayt orqali masofaviy maslahat olish mumkin bo‘ladi. Yuridik maslahatlar bepul ravishda taqdim etiladi.
Shuningdek, memorandum asosida Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari AQShda stajirovka o‘tashi va boshqa dasturlarda ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma'lumot uchun, Sirakyuz universiteti AQShda uzoq yillik tarixga ega universitetlardan biri. U 1874 yilda tashkil etilgan. Times Higher Education xalqaro tan olingan universitetlar reytingida Sirakyuz universiteti 301-o‘rinni egallaydi.
Mavzuga oid
20:07 / 03.12.2024
“Qaror qabul qilishda nogironligi bor shaxslar ham ishtirok etishi shart” – O‘zbekistonda nogironlik muammolari haqida
11:47 / 03.12.2024
BBC o‘zbekistonlik tadbirkor - Dilorom Yo‘ldoshevani «dunyo bo‘ylab ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritdi
12:19 / 22.11.2024
Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
23:05 / 27.07.2024