Karantindan keyin iqtisodiy tiklanishga qancha vaqt ketadi?
Xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy zararning hajmi va iqtisodiy tiklanish tezligi virusli infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarning samaradorligi va pandemiya (epidemiya)ning to‘liq yo‘q qilinish muddatiga bog‘liq.
Markaziy bank tomonidan e'lon qilingan sharhda aytilishicha, tadqiqot natijalariga ko‘ra 1918-1919 yillarda AQShning ko‘p shtatlarida ispan grippi pandemiyasi va 2003 yilda Osiyoda SARS epidemiyasi davridagi qat'iy karantin choralari, ular qisqa muddatli iqtisodiy pasayishga olib kelgan bo‘lsalar ham, pandemiyani tezda bartaraf etishga va iqtisodiy faollikning tez tiklanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilgan.
Shu bilan birga, ba'zi Yevropa mamlakatlarida va AQShning bir qator shtatlarida ispan grippining pandemiyasi (epidemiyasi)ga qarshi qat'iy choralarni ko‘rmaslik virusning tarqalishi bilan bog‘liq iqtisodiy inqirozning cho‘zilishiga va natijada kengroq hajmdagi iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keldi.
“Xalqaro tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, karantin davri tugaganidan so‘ng, iqtisodiyot, shu jumladan, karantin cheklovlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalarga pandemiyaga qadar bo‘lgan darajasiga qaytishi uchun o‘rtacha 3-12 oy kerak bo‘ladi.
Xususan, elektrotexnika va yengil sanoat, qurilish materiallari sanoati, qurilish ishlari, moliyaviy va tibbiy xizmatlar sohalarida iqtisodiy faollikning tezroq (o‘rtacha tiklanish davri 2-3 oy) tiklanishi aniqlangan.
Shu bilan birga, quyidagi sohalarda iqtisodiy faollik nisbatan sekin tiklanadi:
turizm sohasida – 5-10 oy (Meksikada 2013 yilda H1N1 pandemiyasi – 5 oy, Janubiy Koreyada MERS epidemiyasi – 6 oy, 2003 yilda Gonkong va Xitoyda SARS epidemiyasi – mos ravishda 5 oy va 10 oy);
xizmatlar va chakana savdoda – 4 oy;
yo‘lovchi tashishda – 3-7 oy, shu jumladan havo transporti – 5 oy (2003 yilda Osiyo mamlakatlarida SARS epidemiyasi)”, - deyiladi sharhda.
Ushbu tarmoqlarda iqtisodiy faollikning nisbatan sekin tiklanishi karantin cheklovlarining nisbatan kech olib tashlanishi va aholining pandemiyadan keyingi holatlarga moslashishi uchun ma'lum bir vaqt talab qilinishi bilan bog‘liq.
Xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, pandemiya (epidemiya)ning salbiy oqibatlarini minimallashtirish va iqtisodiy faollikning tezroq tiklanishini ta'minlashning asosiy omillaridan biri bu virus tarqalishiga qarshi o‘z vaqtida va qat'iy (agressiv) karantin choralarini qo‘llash orqali pandemiya (epidemiya)ni imkon qadar tezroq bartaraf etishdir.
Mavzuga oid
21:28 / 19.12.2024
2025 yilda 43 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda
21:11 / 19.12.2024
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari e’lon qilindi
13:41 / 16.12.2024
2030 yilga borib O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi 200 mlrd dollarga yetishi mumkin
20:24 / 14.12.2024