Markaziy bank tomonidan "2020 yilning I çoragi uçun pul-kredit siyosati şarhi" taqdim etildi. Şarhda pul-kredit şaroitlari, taşqi va içki iqtisodiy vaziyatlar va prognozlar, inflatsiya darajasi va inflyatsion kutilmalar haqida ma'lumot va tahlillar keltirilgan. 

Qayd etilişiça, asosiy savdo-hamkor davlatlarda iqtisodiy faollikning pasayişi Özbekistonga valuta oqimi hajmiga ta'sir körsatadi. 

Markaziy bank hisob-kitoblariga köra, taşqi iqtisodiy şaroitlarning Özbekistonga pul ötkazmalarining kamayişiga salbiy ta'siri 2020 yilning II çoragidan boşlab töliq namoyon böla boşlaydi va ularning hajmi yil oxiriga qadar ötgan yilga nisbatan past böladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, transçegaraviy pul ötkazmalari hajmi ötgan yilga nisbatan 30-35 foizga qisqaradi. Bunda, aprel-iyul oylarida pul ötkazmalarining kamayişi (ötgan yilning mos davriga nisbatan oylik) 50 foizga yetişi mumkin va keyinçalik bosqiçma-bosqiç tiklaniş kuzatiladi.

Joriy yilning aprel oyida pul ötkazmalari hajmi 2019 yilning mos oyiga nisbatan 50 foizga kamaydi. Biroq, joriy yil aprelda pul ötkazmalari hajmining haftalik tahlilida, aprelning uçinçi haftasidan boşlab ma'lum bir tiklaniş qayd etila boşladi.

Joriy yilning mart oyidan boşlab, asosiy savdo hamkorlar valutalarining qadrsizlanişi va asosiy xomaşyo tovarlari narxlarining pasayişi şaroitida, eksport va pul ötkazmalaridan valuta tuşumlari sezilarli darajada pasaydi. Ayni paytda, respublikada past iqtisodiy faollik şaroitida importga bölgan talabning sezilarli ösişi kuzatilmadi.

“Aprel oyining dastlabki 3 haftasida dollar almaşuv kursi örtaça 6,7 foizga ösdi. Bunga, öz navbatida, içki valuta bozorida almaşuv kursining ma'lum darajada töğrilanişi sifatida qaraş mumkin”, - deyiladi şarhda.

Söm almaşuv kursidagi mazkur töğrilaniş joriy yil mart oyida asosiy savdo hamkorlarimiz milliy valutalarining qadrsizlanişi natijasida yuzaga kelgan real effektiv almaşuv kursi tafovutining yopilişiga xizmat qildi.

Bundan taşqari, joriy yil apreldan boşlab asosiy savdo hamkorlar valutalari kurslari qadri biroz oşib, nisbatan barqaror dinamikani körsatmoqda.

Qisqa muddatli istiqbolda fundamental omillar tomonidan sömning nominal almaşuv kursiga devalvatsion bosimning yuzaga kelişi kutilmayapti, deyilgan ma'lumotda.