Jamiyat | 21:16 / 13.10.2016
11518
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik sayyoh BAAda 46 daqiqa ichida 22 marta YHQni buzdi

Foto: Chris Jackson / Getty Images

BAAga tashrif buyurgan amerikalik sayyoh avtomobilni boshqarish davomida bir kunda 24 marta tezlikni oshirgan, u 46 daqiqa ichida 22 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Buning natijasida texaslik ishbilarmon Jonatan Billga deyarli 5,5 ming dollarlik jarima solingan. Gulf News nashri voqea yuzasidan xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, voqea sentabr oyida sodir bo‘lgan, biroq OAVda bu haqda endi ma'lumot berildi. Dubay va Al-Ayn shaharlari orasida harakatlangan sayyoh bir necha marotaba tezlikni oshirgan. U soatiga 120 kilometr tezlik o‘rniga  130-150 kilometr tezlikda harakatlangan. 

Ishbilarmon YHQ buzilishlarini qayd qiluvchi kameralar ko‘rsatkichlaridagi g‘ayritabiiy raqamlarga e'tibor qaratdi. Qurilmalardan to‘plangan ma'lumotlarga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 8:36da Bill Al-Aynda tezlikni oshirgan, ikki daqiqa o‘tgach esa - Dubayda. 

"Bir vaqtning o‘zida ikki joyda bo‘lishim mumkin emas, axir", - deydi amerikalik sayyoh. Shunga qaramay, u jarima to‘lovlarini amalga oshirgan. 

 

Mavzuga oid