O‘zbekiston | 12:48 / 01.12.2016
58643
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning yangi bosh vaziri O‘zLiDeP partiyasidan bo‘ladi

Foto: UzLiDep.uz

Parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi prezident tasdiqlashi uchun bosh vazirlikka nomzodini ko‘rsatadi. Bu haqda TASS axborot agentligiga  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev ma'lum qilgan.

"Parlamentdagi ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lish bu partiyaga bosh vazirlik uchun o‘z nomzodini ko‘rsatish imkonini beradi", - degan u.

4 dekabr kuni o‘tkaziladigan navbatdan tashqari saylovlarda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ayni vaqtda O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan bosh vazir Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgan.

Mavzuga oid