“Yabloko” partiyasi Moskva şahri hududiy saylov komissiyalarida vakillikka ega bölmadi. Bu haqda partiyaning Moskva şahar bölimi rahbari Kirill Gonçarov duşanba kuni, 22 dekabrda Telegram'da ma’lum qildi.
“Moskva şahar saylov komissiyasi şahar hududiy saylov komissiyalarini keyingi 5 yilga şakllantirdi. ‘Yabloko’ mavjud bölgan 33 yil davomida birinçi marta 127 komissiyaning heç birida bizning vakilimiz bölmaydi”, — deb yozdi u.
Gonçarov fikriça, “Yabloko” vakillarini Moskvadagi hududiy saylov komissiyalari işida iştirok etişga qöymaslik haqidagi qaror “fuqarolik jamiyatining şahar hokimiyati bilan hamkorligiga salbiy ta’sir körsatadi, moskvaliklarning saylovlarga bölgan işonçining oşişiga xizmat qilmaydi, ularning allaqaçon past bölgan legitimligini yanada yemirib qöyadi”.
Poytaxtdagi “Yabloko” rahbari bunday qaror sabablarini tuşuntirişni sörab, Moskva şahar saylov komissiyasi raisi Olga Kirillovaga xat yöllaganini bildirdi.
SoTAvision Telegram-kanali eslatişiça, RF parlamentida vakillikka ega partiyalar (“Yedinaya Rossiya”, KPRF, LDPR, “Spravedlivaya Rossiya”, “Novyye lyudi”) har bir hududiy saylov komissiyasiga tanlovsiz ravişda bittadan vakil kiritiş kvotasiga ega. “Yabloko” esa 127 komissiyaning har biriga nomzodlarni mustaqil ravişda körsatadi.
3 dekabr kuni “Yabloko” Facebook'da 2026 yilda Davlat dumasi va hududlar qonun çiqaruvçi yiğilişlari saylovlarida “Tinçlik va erkinlik uçun! Qörquvsiz hayot uçun!” şiorlari bilan iştirok etişini ma’lum qildi. Öşa postda “sönggi oylarda ‘Yabloko’ yetakçilari bosim va repressiyalarga tobora köproq duç kelmoqda”, deb ham aytilgan.
Bugungi kunda “Yabloko” partiyasi raisining ikki örinbosari — Lev Şlosberg va Maksim Kruglov tergov izolyatorida saqlanmoqda. Partiya raisi Nikolay Ribakov esa 2026 yilgi Davlat dumasi saylovlarida iştirok etiş imkoniyatidan mahrum qilingan.
















