Energetika vazirligi iste’molchilardan elektr energiyasidan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanishni so‘radi
17-22 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayishi sababli, kunduz kunlari ayrim hududlarda havo harorati 47 daraja issiqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Havo harorati keskin ko‘tarilishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ham keskin oshadi. Natijada, elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklama ortishi va tarmoqda nosozliklar kelib chiqishi mumkin.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, vazirlik va tizimdagi barcha tashkilotlar tomonidan havo harorati keskin ko‘tarilishi kunlarida iste’molchilarga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.
Ushbu kunlarda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi stansiyalarda zaxira energobloklari ishga qo‘shiladi. Elektr energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish maqsadida joriy yil boshidan 2 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish tarmoqlari va 330 dan ortiq transformator punktlari yangilandi.
Past kuchlanishli 17 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish tarmoqlari va 6 mingga yaqin transformator punkti, 110-500 kV kuchlanishli 600 kilometrdan ortiq elektr uzatish tarmog‘i va 7 ta kuch transformatori mukammal ta’mirlandi.
Bildirilishicha, barcha elektr stansiyalarida 24 soatlik navbatchilik guruhlari tashkil etildi. Elektr tarmoqlarida favqulodda holatlar oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hududlar bo‘ylab tun-u kun ishlaydigan 227 ta avariyaga qarshi brigada tashkil etildi.
“Respublikada havo harorati anomal darajada isishi natijasida elektr qurilmalarida ortiqcha yuklama tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklar oldini olish maqsadida elektr energiyasidan tejamkorlik bilan, shuningdek, imkon qadar sovitish qurilmalaridan oqilona foydalanishni, zarur bo‘lmaganda elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yishni so‘raymiz.
Ushbu vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda energiya resurslaridan oqilona foydalanish natijasida elektr qurilmalarining uzoq muddatga ishdan chiqishining oldini olgan bo‘lamiz, hamda energiya resurslarining barcha iste’molchilarga barqaror yetib borilishiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz”, deyiladi vazirlik murojaatida.
Ta’kidlanishicha, bu kabi holatlarda jahon tajribasida hukumat tomonidan xalqqa energiya resurslaridan oqilona foydalanish va elektr energiyasi iste’molini imkon qadar qisqartirish yuzasidan murojaatlar qilinadi.
Iste’molchilardan elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan 11-54 qisqa raqami yoki Telegram’dagi (@HET_admin) administratorga murojaat qilish so‘ralgan.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskva davlat universitetining Toshkent filialida 2025/26 o‘quv yili uchun qabul boshlandi
Jamiyat | 19:00
-
Mutaxassislar Apple, Google va Telegram'ning 16 milliard paroli sizib chiqqani haqida xabar berdi
Jahon | 18:59
-
Transport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojiga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi
O‘zbekiston | 18:29
-
Prezident Yakkabog‘dagi «Yangi O‘zbekiston» massivini ko‘zdan kechirdi
O‘zbekiston | 18:17
Mavzuga oid

18:46 / 17.06.2025
Rossiya Tojikistonning elektr energiyasidan 297 million dollar qarzini kechadi

16:12 / 12.06.2025
Energetika sohasida davlatga yetkazilgan zarar 471 mlrd so‘mdan oshdi

17:39 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi

16:33 / 06.06.2025