«Özenergoinspeksiya» tomonidan 2025 yil boşidan buyon ötkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 1094 ta iste’molçi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan.

Qayd qilinişiça, qoidabuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga jami 471,2 milliard söm zarar yetkazilgan.

Bundan taşqari energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş qoidalarini buzganlik bilan boğliq 1 788 ta ma’muriy iş rasmiylaştirilgan va qonunçilikda belgilangan tartibda huquqiy çoralar körilgan.

2025 yil may oyida ötkazilgan tekşiruvlar natijasida iste’molçilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 229 ta holat aniqlanib, tizimga 94 milliard 887 million sömlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Jumladan, noqonuniy foydalanişlar oqibatida 35,6 million kVt soat elektr energiyasi (taxminan 57,9 milliard söm) va 13,2 million metr kub tabiiy gaz (taxminan 36,9 milliard söm) talon-toroj qilingan.

Energiya resurslaridan foydalaniş qoidalarini buzgan iste’molçilar böyiça 448 ta ma’muriy iş rasmiylaştirilgan va hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilgan.