Jahon | 12:26 / 08.01.2017
18734
2 daqiqa o‘qiladi

Sobiq diplomat: Kim Chen In haqiqiy yoshini yashiradi

KXDR yetakchisi Kim Chen In keksa davlat amaldorlari ustidan nazoratni susaytirmaslik uchun o‘zining tug‘ilgan kuni va yoshini sir tutadi. Bu haqda sobiq shimoliy koreyalik diplomat, Janubiy Koreyaga qochib o‘tgan Txe Yon Xo Yonhap agentligi uchun bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Agar Kimning aniq yoshi ochiqlansa, u o‘zidan 30-40 yosh ulug‘ amaldorlar bilan qattiqqo‘l munosabat qilishda muammoga duch kelishi mumkin», — degan Txe Yon Xo.

Qayd etilishicha, Kim Chen In o‘z tug‘ilgan kunini 8 yanvar kuni nishonlaydi, ammo uning tug‘ilgan yili hanuzgacha tasdiqlanmagan. Turli manbalarga ko‘ra shimoliy koreyaliklar yetakchisi yoki 1982 yilda yoki 1984 yilda tug‘ilgan.

Bundan oldinroq agentlik harbiy manbasiga asoslangan holda AQSh va Janubiy Koreya hamkorlikda Kim Chen Inni o‘ldirish uchun maxsus otryad tuzishi haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid