Turli tekşiruvçilar uçun odamlar «soğin sigir»mi? Urgutdagi uç voqea
|20:14 / 16.12.201958 23111 min
Yil yakunlanib dekabr oyi kirib kelaversa qişloqlarga «çöntagi böşagan mehmon»larning taşrifi köpayadi. Biri elektr uskunalari va elektr hisoblagiçni «tekşirgisi» keladi. Ikkinçisi qandaydir suğurta kompaniyasidan, yana biri allaqaysi korxonadan.
Buyoqda hali möri tekşiradiganlar navbat kutyapti: bugun-erta kelib qolsa ajablanmayman. Koşki öşa korxonalarning xodimlari qişloqlarda öz vazifasini vijdonan bajarsa edi. Ammo Urgutda bunday bölmayapti.
Birinçi voqea
Yaqinda mahalla idorasiga iş bilan kirsam, ortimdan «biz «Agrosuğurta» kompaniyasi Urgut tuman bölimidanmiz, mahallaga uy-joy va çorva mollarini suğurta qilişga keldik», deb ikki qiz va bir yigit kirib keldi.
Mahalla raisi ularga ruxsatnoma yozib berişi kerak ekan. Şunda mahallamiz raisi ham, men ham ularga «aholini çalğitib, bu suğurtani majburiy demaslik kerakligi, töğri tarğibot qilinsa ham aholi orasida öz uy-joyini, çorva mollarini ixtiyoriy suğurta qiladiganlar albatta çiqişi»ni aytdik.
Ular «xöp», deya mahalla oralab ketişdi. Öşa kuni ular qanday işlaşdi, aholiga nima deyişdi xabarim bölmadi. Ammo oradan ikki kun ötib Samarqandda seminar boşlanayotgan çoğda uydan otam qönğiroq qilib qoldi.
«Qandaydir suğurta kompaniyasidanmiz, deb ikki qiz, bir yigit keldi. Uy-joy va çorva mollarini ixtiyoriy-majburiy suğurta qilişar ekan», dedi otam.
Taxmin qildim, ikki kun oldin mahalla idorasida körganim yigit-qizlar ota hovlimizga borişgan. Şundan söng otamga «telefonni bering-çi», deb öşa suğurta agenti bölgan bola bilan gaplaşdim. Tabiiyki, u ikki kun ilgari özi bilan gaplaşgan odam ekanimdan bexabar.
– Uka, uy-joy va çorva mollarini majburiy-ixtiyoriy suğurta qilişni bir tuşuntiring-çi, nimasi majburiy, nimasi ixtiyoriy?
– Bizda eng arzon suğurta 40 ming söm, qimmati milliongaça ketaveradi. Buni tanlaş ixtiyoriy. Suğurta qiliş esa majburiy.
– Xöp, nima asosga köra uy-joy va çorva mollarini suğurta qiliş majburiy?
– Bu haqda prezidentning farmoni, Vazirlar Mahkamasi qarori bor.
– Qölingizda öşa farmon va qarorning nusxasi bormi?
– Bor.
– Qani öşandan «majburiy» degan joyini öqib bering-çi.
Şu payt agent qölidagi, özim ikki kun oldin körgan Urgut tuman «Mahalla» jamğarmasi raisining mahallamiz raisi nomiga yozgan «Suğurta bozorini rivojlantiriş haqidagi prezidentning falon farmoni, Vazirlar Mahkamasining falon qaroriga köra…» deb boşlangan va oxirida «amaliy yordam körsating», degan mazmunda yozilgan xatini öqib berdi.
Mavzuga oid
– Uka, farmon va qaror bilan taniştirganingiz uçun rahmat. Ammo siz hozir öqib bergan matnda majburiy degan söz yöq-ku, siz uni qayerdan olyapsiz?
– Prezident farmonida, Vazirlar Mahkamasi qarorida majburiy deb yozilmaydi. Farmon va qaror çiqqanidan söng uni bajariş majburiy-ku?!
Uning oxirgi gapidagi mantiqni eşitib xayolimdan «bularni kim bunday tarbiyalagan?» degan fikr ötdi. Şundan söng öşa yigitga öz manfaati yölida (u işlab borgan pulidan foiz oladi) odamlarga prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarorini notöğri talqin qilib, xalqda öşa farmon va qarorlarga nisbatan işonçsizlik uyğotmaslikni söradim va aloqani uzdim.
Şundan söng vaziyatni bildirib qöyiş va joylardagi bölimlarni qattiqroq nazorat qilişni söraş uçun «Özagrosuğurta» kompaniyasining Toşkentdagi boş ofisiga qönğiroq qilib holat haqida xabar berdim.
Ming taassuf bölsinki, men ism-şarifini söraşni unutgan xodima gaplarimni eşitgaç, «Rahmat, suriştiruv ötkazamiz, aybdorlarga qonun doirasida çora köramiz», deyiş örniga «Bizning joylardagi xodimlar bilan bunday hodisalar bölmaydi», deb özimni bir onda yolğonçiga çiqardi.
Unga gapiriş befoydaligini bilib aloqani uzdim va «Özagrosuğurta»ning Samarqand viloyati bölimi bilan boğlanib, ulardan Urgut tuman bölimi hisobçisining telefon raqamini olib, qönğiroq qildim va vaziyat haqida xabar berdim. «Özagrosuğurta» kompaniyasining Urgut tuman bölimi öşa xodimlarga çora kördimi yöqmi, bilmayman.
Eng qiziği, öşa kuni keçki payt mahallamiz raisiga uçraşib holat haqida gapirsam, u «öşa suğurtaçilar qaysi xonadonga kirgan bölsa, aksariyatidan menga ham «suğurtaçilar kelib majburiy deyapti, uy-joy va çorva mollarining suğurtasi majburiy böldimi?» deb sörab qönğiroq qilişdi. Hammasiga «uy-joy va çorva mollari suğurtasi majburiy emas, xohlasang suğurta qildir, xohlamasang qildirma», deb aytdim. Ertaga bu masalani hokimiyatga ma'lum qilaman», dedi.
Köryapmiz, bir paytlar işçilarining maoşiga pul topa olmay yurgan suğurta kompaniyalari bugun ança rivojlandi. Hatto jahondagi taniqli suğurta kompaniyalari bilan özaro hamkorlik haqida bitim imzolaşyapti. Ammo, qayerlardadir markaziy idorasining e'tiborsizligi ortidan quyi taşkilotlardagi xodimlar qişloq joylarida yuqorida tafsilotini yozganimday odamlarni aldab, «uy-joy va çorva mollarini suğurta qiliş majburiy» deb, suğurta bozorini rivojlantiriş haqidagi prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarorini boşqaça talqin qilib, xalqda işonçsizlik kayfiyati uyğonişiga sabab bölişmoqda.
Bu yerda men öz mahallamda sodir bölgan birgina holatni yozdim. Ammo, öşa xodimlar hali butun tumanimizni kezib çiqişadi va agar hozir ularga çora körilmasa butun tuman aholisini aldab, odamlarda sönggi yillarda mamlakatimiz ravnaqi uçun olib borilayotgan islohotlarga nisbatan aks kayfiyat uyğotişadi.
«Özagrosuğurta» AJ rasmiy saytidagi uşbu suğurta turiga bağişlangan maqolada ham «Jismoniy şaxslar (fuqarolar) bilan ixtiyoriy tuziladigan suğurta şartnomasi ularning murojaatiga köra suğurta mukofoti tölangandan söng suğurta polisi beriş yöli bilan rasmiylaştiriladi», deb belgilab qöyilibdi (harflarni qoraytirib ajratib körsatiş — özlariniki).
Öylaymanki, «Özagrosuğurta» kompaniyasi yuqorida keltirilgan hodisa yuzasidan çora köradi. Agar bu iş taftişi uçun lozim topişsa, menda qönğiroqlarning audioyozuvlari mavjud.
Ikkinçi voqea
Urgut tumanidan yana bir murojaat böldi. Idorasi Samarqand şahrida joylaşgan, aholi uy-joylarida elektr tarmoqlari va montaj işlari böyiça ixtiyoriy körik ötkazib, xizmat körsatişi lozim bölgan «Elektr tarmoqlari va montaj» MÇJ xodimlari har yil noyabr-dekabr oylarida Urgut tumanidagi mahallalarda aholi xonadonlariga kirib «Biz elektr tarmoqlari korxonasidanmiz, xonadoningizdagi elektr hisoblagiçni tekşirgani keldik», deb, özi şundoq ham köçalarga çiqarilgan elektr hisoblagiçlarga birrov qarab qöyib, 12 ming söm majburiy tölov undirmoqda.
Ayni masalada ötgan 2018 yilda ham Urgut tumanidagi bir neçta mahalladan murojaat bölgan va öşanda öşa korxona rahbari bilan boğlanganmiz, ular xodimlarni nazorat qilişlarini, bundan söng aholi orasida töğri tuşuntiriş işlari olib borilişini ma'lum qilgan edi.
Oradan bir yil ötib ma'lum bölyaptiki, bu korxona rahbariyati ötgan yilgi işlardan yetarli xulosa çiqarmagan va bu yil ham korxona xodimlari Urgut tumanidagi turli mahallalarda odamlarga öz xizmatlari ixtiyoriy ekanligini tuşuntirmay, «majburiy» deb pul yiğib ketmoqda.
Bu korxona aslida mahallalarda yurib, aholiga öz xizmatini taklif etişi, xonadon egalari rozi bölsa söng öşa xonadondagi elektr jihozlar va hisoblagiçlarni körikdan ötkazişi, nosoz örnatilganini sozlab berişi, söng bajargan işiga xizmat haqi olişi kerak.
Ammo aholi vakillarining bizga bildirişiça, bular xonadonlarga borib «Biz Samarqand şahridagi «Elektr korxonalari» idorasidanmiz, hisoblagiçni nazoratdan ötkazgani keldik», deb, köçada turgan hisoblagiçga birrov qarab, «12 ming söm tölov qilasiz» deb kvitansiya yozib berib, pul olmoqda.
Şuningdek, «mening hisoblagiçimni tekşirişga hojat yöq, har doim MIB tölov undirgani kelganida tekşiradi», deganlarga bu MÇJ xodimlari «Yöq, biz ham körişimiz kerak, bu majburiy», deb baribir tölov undiryapti.
Biz ayni masalada izoh oliş uçun kvitansiyada körsatilgan raqamga bir neça bor qönğiroq qildik, ammo heç kim javob bermadi.
«Samarqand HETK» matbuot xizmatiga boğlanganimizda «Elektr tarmoqlari va montaj» MÇJning bu taşkilotga mutlaqo daxli yöqligi ma'lum qilindi.
Aslida, bu 12 ming söm yoki suğurtaçilar majburiy deb olayotgan 40 ming söm unça katta summa emas. Ammo qişloq joylarda ana şu arzimagan pulni topa olmayotgan xonadonlar ham yetarliça. Qolaversa, gap öşa pulni topa oliş-olmaslikda ham emas, balki ixtiyoriy xizmat turlarini qişloqlarga kelib odamlarga «majburiy» deb muttahamlik qilişda bölyapti.
Uçinçi voqea
Hammamizga ma'lum ayni kunlarda joylarda jadallik bilan yangi elektr hisoblagiçlar örnatilyapti. Şu jumladan, Urgut tumanidagi xonadonlarga ham. Bu işga tuman elektr tarmoqlari korxonasi işçilarining imkoniyati yetmagani uçun joylarda qöşimça işçilar yollaşga töğri kelyapti. Yollangan işçilar orasida esa turli xillari uçramoqda.
Sönggi paytlarda elektr hisoblagiçlarni örnatib yurgan öşa yollanma işçilar orasida örnatilgan hisoblagiçlar uçun aholidan 15-20 ming söm «xizmat haqi» olgani yetmaganday, aholi xonadonlaridagi eski hisoblagiçlardan «ayb» topib, «akt tuzaman», deb qörqitib, söng aholidan «akt» yozmaslik evaziga 50-100 ming söm pul olayotganlar ham uçramoqda.
Ayni masalada Urgut tuman ETK rahbari «Hisoblagiç almaştirayotgan yollanma işçilarning hisoblagiçlarni tekşirişi, «akt tuzaman» deyişi mutlaqo mumkin emasligi, ular eski hisoblagiçni yeçib olib, yangisini örnatişi va eski hisoblagiçlarni tartib böyiça tuman ETKga olib kelib topşirişi kerakligi»ni aytdi.
ETK rahbarining qöşimça qilişiça, yollanma işçilar hisoblagiçlarni almaştirganda aholidan xizmat haqi olişi ham mumkin emas.
«Ammo, guruç kurmaksiz bölmaganiday ayrim işçilar har qança tuşuntiriş işlari olib borilsa ham öz nafsini tiya olmayapti va rahbariyat unday xodimlar haqida xabar berilişi bilanoq ular bilan şartnomani bekor qilyapti», deydi u.
Yuqorida keltirilgan uç holat ham Urgut tumanida bölyapti. Ammo, xuddi şunga öxşaş voqealar mamlakatimizning boşqa hududlarida ham röy berayotgan bölişi mumkin. Şuning uçun mutasaddi taşkilotlardan bunday noqonuniy işlarga e'tiborliroq bölişni söraymiz.