O‘zbekiston | 09:52 / 21.04.2021
5431
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Sa'dullayev “Biznes marafon” loyihasi davom etadigan navbatdagi viloyatlarni e'lon qildi

O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev “Biznes marafon” loyihasi amalga oshiriladigan navbatdagi viloyatlarni e'lon qildi.

«Yaqinda mamlakatimiz bo‘ylab “Biznes marafon” loyihasini yo‘lga qo‘yib, loyiha orqali minglab yoshlarga biznes yuritish bo‘yicha muhim bilimlarni ulashdik.

Loyihamiz navbatdagi viloyatlarda — 22 aprel kuni Sirdaryo viloyatida, 28-29 aprel kunlari Toshkent viloyatida davom etadi», deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar telegramda @biznesmarafon_bot boti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul.

“Biznes marafon” loyihasi bo‘lib o‘tadigan navbatdagi manzillar: 

  • 22 aprel kuni soat 14:00da Sirdaryo viloyati, Sirdaryo musiqali drama teatri binosida va Xovos tumani Temiryo‘lchilari madaniyat saroyida.
  • 28 aprel kuni soat 14:00da Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi va Bekobod shaharlaridagi Metallurg madaniyat saroylarida.
  • 29 aprel kuni soat 14:00da Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yoshlar markazi binosida va Chirchiq shahridagi Kimyogarlar madaniyat saroyida.
Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid