Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Sa’dullayev Şaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Alişer Sa’dullayev 1994 yilning 11 iyulida Jizzax viloyatining Jizzax tumani (hozirgi Şarof Raşidov tumani)da tuğilgan. Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş institutini tamomlagan, keyinroq Buyuk Britaniyada tahsil olgan.
2017 yil iyul oyigaça Result öquv markazini boşqarib kelgan. 2017 yil iyul oyidan 2018 yil oktabr oyigaça Xalq ta’limi vazirining örinbosari lavozimida işlagan – öşanda u eng yoş vazir örinbosari bölgandi. 2018 yil 27 oktyabrda Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan, 2019 yil avgustida Qahramon Quronboyev örniga Yoşlar ittifoqiga rais bölgandi.
2020 yil yanvarida prezident uni senator – Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari etib tayinladi va u mamlakat tarixidagi eng yoş Senat a’zosiga aylangandi. 2020 yilning iyul oyidan buyon Yoşlar işlari agentligi direktori lavozimida işlab kelmoqda.
Ma’lumot uçun, Şaxmat federatsiyasiga 2021 yil yanvaridan buyon boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov rahbarlik qilib kelayotgandi.
2021 yil aprel oyida Aziz Abduhakimov rahbarligidagi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birlaştirilib, Turizm va sport vazirligi tuzilgan, vazir lavozimiga Aziz Abduhakimov tayinlangandi. 2022 yil fevralida bu vazirlik yana ikkiga ajratilib, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sport vazirligi taşkil etildi, Abduhakimov turizm vazirligini özida saqlab qoldi. Ötgan vaqt mobaynida u Şaxmat federatsiyasi rahbarligini ham özida saqlab qolayotgandi.
- Eslatib ötamiz, 2022 yil yanvarida Kun.uz öz ixtiyoridagi ma’lumotlarga tayanib, Özbekiston Şaxmat federatsiyasining moliyaviy faoliyatiga aloqador masalalar yuzasidan suriştiruv









