O‘zbekiston | 18:38 / 27.05.2021
1558
1 daqiqa o‘qiladi

Oltiariqda katta avtomobil yo‘li, Farg‘onada bitta ko‘cha avtomobillar xarakati uchun vaqtincha yopilmoqda

Foto: KUN.UZ

Oltiariq tumani hududidan o‘tgan Uchuy–Oltiariq–Vodil avtomobil yo‘lining 54-kilometiridagi temir yo‘l kesishmasida ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli yopilishi ma'lum qilindi. Bu haqda viloyat IIB YTHX boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, bu haqda Oltiariq tumani hokimining farmoyishi imzolangan. Unda mazkur avtomobil yo‘li 2021 yilning 27 may kunidan 29 may kuniga qadar vaqtincha transport vositalari harakati uchun cheklanishi bildirilgan.  

Shuningdek, xabarda Farg‘ona shahar Vatan ravnaqi ko‘chasining bir qismida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli mazkur ko‘cha ham Farg‘ona shahar hokimining farmoyishiga asosan 2021 yil 24 may kunidan 6 iyun kuniga qadar vaqtincha avtomobillar harakati uchun cheklanishi ma'lum qilingan.  

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha yondosh ko‘chalardan harakatlanish tavsiya etilgan.

Mavzuga oid