Kun.uz'ning “Hayotiy hikoyalar” rukni qahramoni – oltiariqlik Zuhraxon Oripova Özbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida prezident tomonidan “Jasorat” medali bilan taqdirlangandi. Bir qölidan ayrilgan Zuhraxon ayaning orzularidan biri – Toşkentni köriş, metroda yuriş edi. Bayram arafasida ayaning bu orzusi ham uşaldi.

“Kun.uz saytiga orzularim haqida gapirib bergandim. Oddiy bir Oqböyra qişloğida yaşovçi bir nogiron ayolning orzusi uşaldi. “Jasorat” medali bilan mukofotlanişim yetti uxlab tuşimga ham kirmagandi.

Metroni ham aylandim, umrimda birinçi marta Toşkent şahriga sayohat qildim. Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasining Farğona viloyat Kengaşi tomonidan Toşkent şahrini aylanişim uçun 8 kişilik maxsus yöllanma berildi. Yonimga turmuş örtoğim va qarindoşlarimni olib şahar aylandim. Körmagan joylarimni kördim.

Kuni keça viloyat hokimi Xayrullo Bozorov prezident nomidan köksimga “Jasorat” medali taqib qöydi. Pul mukofoti berdi. Bayram arafasida kutilmagan hodisalar bölib ketdi. Haliyam işona olmayapman. Butun qişloq menga havas qilib tabriklab ketişyapti. Sevinganimdan nogironligim ham esimdan çiqib ketdi.

Uzumlarim pişyapti. Yaxşi narxga xaridorlar kelyapti. Nasib qilsa yaqinda uzumlarni sotamiz. Hovlimning bir çekkasiga kattagina qilib oğil qurdim. Qoramollarimni köpaytirdim. Sabzi ötaş uçun kunlik işga çiqyapman, qiş uçun mollarga slos kömib qöydik. Hademay paxta terişga çiqib ketamiz.

Xullas, qişloq ayoli tinmaydi-da, bolam-çaqam deydi har doim. Hayot davom etyapti.

“Jasorat” medali kuçimga kuç qöşdi. Endi “Özbekiston qahramoni” medali olişga harakat qilaman”, deydi Zuhra aya Oripova.

Sarvar Ziyoyev,
Sardor Mamirov,
Kun.uz