Jahon | 17:16 / 31.01.2017
5543
2 daqiqa o‘qiladi

NATO Qora dengizda harbiy kuchlarini ko‘paytiradi

NATOga a'zo mamlakatlarning mudofaa vazirlari 2017 yil fevralida alyansning Qora dengizdagi harbiy kuchlarini kuchaytirishga doir choralar to‘plamini ma'qullaydi. Bu haqda, tashkilot bosh kotibi Yyens Stoltenberg 31 yanvarda bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Choralar to‘plami NATOning mintaqadagi quruqlik, dengiz va havo kengliklaridagi pozitsiyalarini mustahkamlashga qaratilgan bo‘ladi. 

30 yanvar kuni Stoltenberg bir necha shartlarga rioya qilinsa, Rossiya bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yuritish mumkinligini aytgandi. «Agar siz kuchli, qat'iyatli bo‘lsangiz, Rossiya bilan amaliy munosabatlar o‘rnatish va qo‘shni bo‘lish mumkin», — degan fikrlarni bildirgan edi tashkilot bosh kotibi. 

Rossiya va G‘arb mamlakatlarining munosabatlari o‘tgan asr 90-yillari oxiridan buzila boshladi. NATOning sharq tomon kengayishi va AQShning axborot hamda zarba qurilmalarini Sharqiy Yevropada o‘rnatishi asosiy hal etilmagan muammolarga aylandi. 2014 yilda Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi va Donbassda fuqarolik urushi avj olishi bilan alyans Sharqiy Yevropa hududini kuchaytirishini e'lon qildi. Bu esa, rasmiy Moskvaning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid