O‘zbekiston | 15:04 / 23.08.2018
6949
2 daqiqa o‘qiladi

“Tashabbus-2018”. Mutlaq g‘oliblarga “Chevrolet-Spark” beriladi

Foto: UzA

2018 yilda “Tashabbus-2018” ko‘rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichlari - 27 avgustdan 28 sentabrga qadar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari- 5 oktabrdan 25 oktabrga qadar, respublika bosqichi - 14-15 noyabr kunlari ko‘rik-tanlovning ochilish marosimi va ko‘rgazmasi, 16 noyabr kuni ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, hukumatning bu haqdagi tegishli farmoyishi qabul qilingan.

Ma'lum bo‘lishicha, “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazma markazida ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi ko‘rgazmalari o‘tkaziladi. Taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadigan kunlarda esa Toshkent shahridagi “Navro‘z” restoranidan foydalaniladi.

Ko‘rik-tanlovning kuyidagi asosiy nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazilishi belgilandi va uning respublika bosqichi mutlaq g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sovg‘asi sifatida “Chevrolet-Spark” avtomashinalari bilan taqdirlanadi:

sanoat sohasida - “Yilning eng yaxshi tadbirkori”;
xizmat ko‘rsatish sohasida - “Yilning eng yaxshi tadbirkori”;
“Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”;
“Yilning eng yaxshi fermeri”;
“Yilning eng yaxshi hunarmandi”.

Mavzuga oid