Vazirlar Mahkamasining “Xalq çolğulari ijroçilari”, Mukarrama Turğunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijroçilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yoş maqom ijroçilari” respublika körik-tanlovlarini ötkaziş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi prezidentining “Özbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida” 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-son qaroriga muvofiq “Xalq çolğulari ijroçilari”, Mukarrama Turğunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijroçilari”, Yunus Rajabiy nomidagi “Yoş maqom ijroçilari” respublika körik-tanlovlarini an'anaviy tarzda ötkaziş belgilangan.
Quyidagilar:
“Xalq çolğulari ijroçilari” respublika körik-tanlovini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisida nizom;
Mukarrama Turğunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijroçilari” respublika körik-tanlovini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisida nizom;
Yunus Rajabiy nomidagi “Yoş maqom ijroçilari” respublika körik-tanlovini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.
“Xalq çolğulari ijroçilari”, Mukarrama Turğunboyeva nomidagi “Milliy raqs ijroçilari”, Yunus Rajabiy nomidagi “Yoş maqom ijroçilari” respublika körik-tanlovlarini taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq xarajatlarning quyidagi manbalar hisobidan amalga oşirilişi belgilandi:
Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablağlari;
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari;
yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Bunda, tanlovlar sovrindorlariga tölanadigan pul mukofotlari Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplanadi.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tanlovlarni taşkil etiş va ötkaziş böyiça mas'ul etib belgilandi.
Özbekiston Badiiy akademiyasi Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga binoan tanlovlarning maxsus logotiplari va sovrindorlar uçun statuetkalar zskizlari loyihalarini tayyorlaydi.

















