Buxoro viloyatida yöl-patrul xizmati inspektorlari örtasida körik-tanlov boşlandi. Körik-tanlovga Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV, Toşkent şahar IIBB va viloyatlar IIB YHXBlarining xodimlari jalb etilgan.


Iştirokçilar ikki guruhga bölingan holda musobaqa dasturiga kiritilgan şartlarni bajarişni boşlaşdi. Yöl harakati qoidalaridan imtihon, me'yoriy hujjatlar böyiça test sinovi, öq otiş, qöl jangi, sport tösinida tortiliş, 100 va 3000 metrga yuguriş, tartibga soluvçining işoralarini izohi bilan amaliy körsatiş va yakka tartibdagi suhbat kabi turlar har bir xodimning kasbiy va jangovar holati qanday ekanligini körsatadi.



Ğoliblar töğrisida gapirişga hali erta. Oldinda jiddiy bellaşuvlar, sinovlar turibdi. Musobaqa yakunida iştirokçilarni Buxoro viloyatining diqqatga sazovor joylari, tarixiy qadamjolariga sayohatga olib boriş rejalaştirilgan.
Akmal YuNUSOV,
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB
matbuot xizmati boşliği.

















