Prezidentning ““Uluğimsan – Vatanim!” respublika yangi qöşiqlar körik-tanlovini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Madaniyat va san'at sohasi vakillarining “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika körik-tanlovi negizida “Uluğimsan – Vatanim!” respublika yangi qöşiqlar körik-tanlovini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

“Uluğimsan – Vatanim!” respublika yangi qöşiqlar körik-tanlovini ötkaziş böyiça Taşkiliy qömita tarkibi, Ijodiy-işçi guruhi tarkibi, tanlov Nizomi tasdiqlanadi.

Quyidagilar Taşkiliy qömitaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

tanlovni taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq barça taşkiliy va ijodiy işlarni muvofiqlaştiriş;

tanlovni zamonaviy texnologiyalardan keng foydalangan holda teleloyiha şaklida yuqori badiiy saviyada ötkaziş uçun barça çora-tadbirlarni amalga oşiriş;

tajribali rejissyorlar, taniqli san'atkorlar, kompozitorlar, bastakorlar, şoirlar va boşqa malakali mutaxassislarni jalb etiş;

san'at olamiga kirib kelayotgan iste'dodli yoşlar tomonidan ijro etilgan milliy ğurur va sadoqat tuyğularini kamol toptiriş, osoyiştalik, millatlararo döstlik va hamjihatlikni tarğib etuvçi yangi qöşiqlari bilan iştirok etişiga alohida e'tibor qaratiş.

Belgilab qöyilişiça, tanlovning saralaş hamda yakuniy bosqiçini taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq barça xarajatlar, tanlov bölib ötadigan joyni maxsus loyiha asosida badiiy bezaş işlarini amalga oşiriş hamda tanlov ğoliblarini pul mukofotlari bilan taqdirlaş, hay'at va saralaş komissiyasi a'zolarining xizmat haqlari Madaniyat vazirligining madaniy tadbirlarni ötkaziş uçun har yili nazarda tutiladigan budjet mablağlari doirasida amalga oşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga:

tanlovning veb-saytini yaratiş va tanlov iştirokçilarining barça hujjatlarni sayt orqali rasmiylaştiriş;

mazkur tanlov logotipi hamda sovrindorlarga topşiriladigan diplom, sertifikat va statuetka namunalarini işlab çiqiş va tasdiqlaş;

tanlovni yuqori badiiy saviyada ötkaziş, tantanali oçiliş va ğoliblarni taqdirlaş marosimlarini taşkil etiş vazifalari yuklatiladi.