Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik 70 metr balandlikdan sakrab rekord o‘rnatdi. Biroq eng hayratlanarlisi bu emas...
Foto: © AP
24 yoshli britaniyalik banji-jamper Saymon Berri 70 metr balandlikdan sakrab va shokoladli pecheneni choyga botirib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi.
Sheffildda istiqomat qiluvchi yigit tryukni birinchi urinishdayoq bajarishini kutmaganini tan oldi: "Bunday balandlikdan chashkani mo‘ljallash juda qiyin bo‘ldi. O‘ylashimcha, bu shunga arziydi. Atrofdagilarning yuzlarida tabassum ko‘rganimdan va rekordchi bo‘lganimdan benihoya xursandman", - dedi Berri.
Bundan tashqari, Berri yana bir necha rekordni qayd etish niyatida: "Mening bir necha g‘oyalarim bor. Ehtimol, keyingi safar havo sharidan sakrab ko‘raman".

Mavzuga oid
13:30 / 16.03.2026
Yanvarda 1,1 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Buyuk Britaniya tomon yo‘l oldi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
18:02 / 12.03.2026
Mart oyida elektr energiyasi kunlik iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi
18:02 / 10.03.2026