Buyuk Britaniyada 10 mingdan ortiq yozuvçi sun’iy intellekt kompaniyalari öz asarlaridan ruxsatsiz foydalanişiga qarşi norozilik sifatida matnsiz kitob çiqardi. Bu haqda The Guardian yozdi.
Kitob «Don’t steal this book» («Bu kitobni öğirlama») deb nomlandi. Uning yagona mazmuni - mualliflar röyxati. Kitobni yaratişga qöşilganlar orasida ingliz teleboşlovçisi va yozuvçisi Riçard Osman, «Boleyn sulolasidan yana biri» romani muallifi Filipp Gregori, şuningdek, adabiyot böyiça Nobel mukofoti sovrindori, britaniyalik yozuvçi Kadzuo Işiguro bor.
Kitob nusxalari 10 mart kuni oçilgan London kitob yarmarkasiga borganlar orasida tarqatiladi. Loyiha taşkilotçisi, bastakor va mualliflik huquqi faoli Ed Nyuton-Reksning aytişiça, sun’iy intellekt sanoati «ruxsatsiz va tölovsiz öğirlangan işlar ustiga qurilgan».
«Bu qurbonlarsiz jinoyat emas - generativ sun’iy intellekt odamlar asarlarini örganmoqda, ular bilan raqobatlaşmoqda va tirikçilik vositalaridan mahrum qilmoqda. Hukumat Buyuk Britaniyadagi ijodkorlarni himoya qilişi va sun’iy intellekt kompaniyalari tomonidan ijodiy işlarni öğirlaşni qonuniylaştirişdan voz keçişi kerak», dedi u.
Bir yil oldin, 2025 yil fevral oyida mingdan ortiq musiqaçilar, jumladan, Blur guruhi qöşiqçisi Deymon Albarn, Enni Lennoks va Keyt Buş Britaniya hukumatining sun’iy intellekt işlab çiquvçilariga mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlardan foydalanişga ruxsat beriş rejalariga norozilik sifatida ovozsiz qöşma albom çiqardi. Albom «Bu biz xohlagan narsami?» deb nomlangan. Unda jami 47 daqiqa davom etadigan 12 ta trek mavjud. Ular konsert zallari va studiyalardagi töliq sukunat yoki qandaydir şovqin yozuvidir.
Buyuk Britaniya hukumati uzoq vaqtdan beri qonunga tuzatişlarni körib çiqmoqda, agar ular ma’qullansa, sun’iy intellektni işlab çiquvçi kompaniyalarga internetda mavjud bölgan badiiy asarlardan, jumladan, musiqiy asarlardan mualliflik huquqiga rioya qilmasdan foydalaniş imkonini beradi.












