O‘zbekiston | 10:33 / 25.05.2026
5006
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisaga Nexia rusumli yengil mashinalardan biri quvib o‘tish qoidasini buzgani sabab bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida ikkita Nexia va bitta «KamAZ» yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Viloyat YHXB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, hodisa 24 may kuni soat 14:20 larda Qarshi-Yettitom yo‘nalishi D-150 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ikkita avtomobil ayanchli holatga kelgani, yuk mashinasi esa ag‘darilib ketganini ko‘rish mumkin.

Hodisa oqibatida Nexia-2 avtomashinasi yo‘lovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, qolgan haydovchi va yo‘lovchilarga hech qanday zarar yetmagan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv harakatlari mobaynida Nexia avtomashinasi transport vositalarini noto‘g‘ri quvib o‘tishi natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan aniqlangan.

YTH Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan qonuniy rasmiylashtirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid