Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritildi
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Norma’ning yozishicha, malaka toifasini olish hamshiralik ishi mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari uchun ixtiyoriy bo‘ladi. Shifokorlar har 5 yilda malaka toifasini olish bo‘yicha majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Shifokorlarga qulaylik yaratish va attestatsiya shaffof o‘tkazilishini ta'minlash uchun attestatsiya jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi, shuningdek onlayn tartibda Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida translatsiya qilinadi.
Malaka toifasini olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar elektron pochta orqali ham taqdim etilishi mumkin, bunda talabgor attestatsiyaga ishtirok etish uchun kelganida hujjatlarning qog‘oz nusxalarini taqdim etishi talab etilmaydi.
Elektron shaklda taqdim etilgan ariza va unga ilova qilinayotgan har bir hujjat alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi hamda har bir fayl o‘lchami 10 MB.dan oshmasligi lozim.
Attestatsiya o‘tkazish uchun vrach va farmatsevt talabgorlardan qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan 2 bazaviy hisoblash miqdorida to‘lov undiriladi. Attestatsiyadan o‘tkazish uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari, hamshiralar, o‘rta tibbiyot va o‘rta farmatsevtika xodimlaridan to‘lov undirilmaydi.
Sertifikatning elektron shakli hisobga olish seriyasi, QR kod va tartib raqamiga ega bo‘ladi. Elektron hamda qog‘oz shaklda berilgan sertifikatlar teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.
Tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritildi.
Mavzuga oid
15:20 / 29.12.2025
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
22:57 / 23.12.2025
Tez yordamning yetib borish vaqti 3 barobar qisqardi – SSV
17:35 / 13.12.2025