10 dekabrdan poytaxt hamda Özbekistonning yana 15 ta tuman va şaharida dorilar elektron retsept asosida berilişi yölga qöyildi. Endilikda yurtdoşlarimiz ma’lum toifadagi dorilarni şifokor beradigan elektron imzo yoki QR-kod tuşirilgan retsepsiz ololmaydi. Xöş, joriy yangilikni odamlar qanday qabul qilişyapti? Kun.uz dorixonaçilar va mijozlar fikrini örganişga urindi.

Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 sentabrdagi tegişli qarori bilan dori vositalari va tibbiy buyumlarni çakana realizatsiya qiliş faoliyatini litsenziyalaş pasportiga özgartiş kiritildi.

Unga köra, 10 dekabrdan boşlab Toşkent şahri hamda 15 ta tuman (şahar) hududidagi dorixonalar “Elektron retsept” moduli orqali işlaşi şart deb belgilandi.

Sodda qilib tuşuntirilsa, endilikda ayrim dorilar şifokorning elektron retseptisiz berilmaydi. Bemor avvaliga oilaviy poliklinikada biriktirilgan şifokoriga murojaat qiladi. Şifokor unga dori yozib, retseptini DMED nomli tibbiy axborot tizimiga kiritadi.

Maxsus retseptda elektron imzo yoki QR-kod körsatiladi. Dorixonaçilar uni skaner qiliş orqali tizimdan mahsulot nomini körişi, şu asosda mijozga sotişi mumkin.

“DMED olib keling desak, baqir-çaqir qilib ketyapti”

Kun.uz bilan suhbatda bölgan sotuvçilardan birining bildirişiça, mijozlarning juda kamçiligi retsept bilan kelişyapti, aksariyati yangilikdan bexabar. Ammo “apteka”çilar ança avval ogohlantirilgani, tizimga moslangani aytilmoqda. 

“DMED [tibbiy axborot tizimi]ni har bittamizga tuşuntirib, kompyuterdan körsatib, örgatib ketişdi. Asosan faqat DMED retsept bilan beriladi deb aytişdi. Çet elda şunaqa-ku, öşa tizim bizga kirib kelgan. Bir tomondan yaxşi, lekin oğir kasallar bölsa, birdaniga yoş bolalilar bor, “bering tez”, deb aytyapti, lekin [retsepti] oddiy qoğozda. Öşanga ham berişimizga haqqimiz yöq ekan.

DMED olib keling desak, baqir-çaqir qilib ketyapti. “Bolam isitmalagan, men hozir yana poliklinikaga boramanmi? Bolamning sudorogi tutib qoladimi?” deb baqirib ketişyapti. Bugunning özida neçta odamdan şu masalada gap eşitdik”, – deydi farmatsevt.