Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Bavariya" "Gerta"dan ustun keldi, "Verder" qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi va qolgan o‘yinlar
Germaniya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan 5ta bahs poyoniga yetdi. Amaldagi chempion "Bavariya" bu turda o‘z maydonida "Gerta"ga qarshi o‘ynadi. Bu o‘yinga qadar har ikkala jamoa hisobida 3-turdan keyin 9tadan ochko mavjud edi. Myunxenda kechgan o‘yinda "Bavariya" raqibidan ustunligini namoyish qildi hamda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Karlo Anchelotti shogirdlari 4-turdan keyin yuz foizlik ko‘rsatkich bilan peshqadamlikni mustahkamladi.
Mavsumni juda yomon boshlagan "Verder" esa uyda "Maynts"ga qarshi bahs yuritdi. Ushbu o‘yinda ham "Verder" 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bremenliklar qatorigasiga to‘rtinchi turda ham mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rdi va turnir jadvalining oxirgi o‘rinini band etgan.
Turning qolgan o‘yinlari bilan tanishing:
Germaniya - Bundesliga. 4-y tur
"Bavariya" (Myunxen) – "Gerta" (Berlin) – 3:0
Gollar: Riberi, 16 (1:0); Alkantara, 68 (2:0); Robben, 72 (3:0).
Ogohlantirishlar: Vidal, 80
"Bayyer" (Leverkuzen) – "Augsburg" (Augsburg) – 0:0
Amalga oshirilmagan penalti: Arangis, 72
Ogohlantirishlar: Verxag, 46; Gauveleu, 71.
"Shalke-04" (Gelzenkirxen) – "Kyoln" (Kyoln) – 1:3
Gollar: Xuntelar, 36 (1:0); Osako, 38 (1:1); Modest, 77 (1:2); Tsoller, 83 (1:3).
Ogohlantirishlar: Gays, 68; Bentaleb, 84 – Yoyich, 33.
"RB Leyptsig" (Leyptsig) – "Borussiya M" (Myonxengladbax) – 1:1
Gollar: Verner, 6 (1:0); Jonson, 84 (1:1).
Ogohlantirishlar: Gulachi, 73 – Vestergor, 45; Shtindl, 89.
"Verder" (Bremen) – "Maynts" (Maynts) – 1:2
Gollar: Xayrovich, 12 (1:0); Malli, 87 (1:1); de Blasis, 90+2 (1:2).
Ogohlantirishlar: Manne, 24; Grillich, 88 – Fray, 71; de Blasis, 90+3.
Mavzuga oid
05:33 / 27.11.2025
YeChL. Gigantlar jangida «Arsenal» «Bavariya»ni yakson etdi
13:21 / 05.11.2025
«Liverpul» «Real»ga imkon qoldirmadi, «Arsenal» va «Bavariya»ni to‘xtatib bo‘lmayapti
23:41 / 18.10.2025
Der Klassiker «Bavariya» g‘alabasi bilan yakunlandi
10:34 / 18.09.2025