«Liverpul» – «Real» 1:0
Gol: Makallister, 61 (1:0)
«Liverpul»: Mamardashvili, van Deyk, Konate, Roberson (Kerkez, 88), Bredli, Gravenberh, Makallister (Jons, 79), Soboslai, Virs (Kiyeza, 88), Saloh, Ekitike (Gakpo, 79)
«Real»: Kurtua, Eder Militau, Hausen, Karreras, Valverde (Dias, 90), Kamavinga (Rodrigu, 69), Tshuameni, Vinisius Junior, Arda Guler (Aleksandr-Arnold, 81), Bellinghem, Mbappe
Ogohlantirishlar: Makallister, 52 – Vinisius Junior, 23. Hausen, 45. Bellinghem, 60. Karreras, 90

«Real» Chempionlar ligasidagi g‘alabali seriyasini to‘xtatib, «Enfild»da mag‘lubiyatga uchradi. «Liverpul»ga qarshi o‘yinda mehmonlar deyarli xavfli vaziyat yarata olishmadi. Mezbonlar kuchli pressing uyushtirib, birinchi bo‘limning o‘zida bir qancha xavfli hujumlar uyushtirishdi – faqat Tibo Kurtuaning qahramonligi jamoani gollardan qutqarib turdi. 32-daqiqada esa «Liverpul» penalti tepishi mumkin edi: Dominik Soboslaining zarbasidan keyin to‘p Orelen Tchuamenining qo‘liga tegdi.

Hakam Ishtvan Kovach esa to‘p bilan kontakt jarima maydoni tashqarisida bo‘lgan deb topdi va jarima zarbasi belgilashga qaror qildi, videotakrorda esa to‘p chiziqdan ichkarida bo‘lganini ko‘rish mumkin edi.

Lekin bu holatda madridliklar futbolchisining qo‘li tabiiy holatda bo‘lgan deb topildi va xavfli jarima zarbasi ham bekor bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin kartinasi o‘zgarmadi. «Liverpul» ustunlik qildi va bu 61-daqiqada golga aylandi: jarima zarbasidan keyin Aleksis Mak Allister hisobni ochdi. Xabi Alonso futbolchilarni almashtirishga kechikdi. Holbuki Vinisius va Kilian Mbappe umuman maydonda ko‘zga tashlanmayotgandi. O‘yin oxirida esa mezbonlar ikkinchi golni urishga yaqin kelishdi, bu safar Kurtua Eder Militao bilan birgalikda xavfni bartaraf etdi. Mezbonlar jami zarbalar soni bo‘yicha yaqqol ustunlikka erishdi – 17:8.

Inqirozdan chiqa boshlagan «Liverpul» anchadan buyon ilk bor qatorasiga ikki o‘yinda g‘alaba qildi: o‘tgan hafta oxirida APLda «Aston Villa» 2:0 hisobida mag‘lub etilgandi. Undan oldingi yetti o‘yinda olti mag‘lubiyat qayd etilgandi. Slot shogirdlarining YeChLdagi ishlari yomon emas: to‘rt turdan keyin to‘qqiz ochko jamg‘arilgan.

«Real» esa qatorasiga olti g‘alabadan keyin ilk mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. Bu oraliqda «Yuve» va «Barsa» kabi kuchli raqiblar ustidan qozonilgan g‘alabalar bo‘lgandi (umumiy to‘plar nisbati 16:2). Bu madridliklarning mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi: «Atletiko»ga qarshi o‘yinda 2:5, «Liverpul»dan 0:1. Xabi Alonso hozircha top-jamoalarga qarshi chora topa olmayapti.