Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda bolalarni ommaviy tadbirlarga jalb etish taqiqlandi
Avvalroq, Qirg‘iziston janubida yuk mashinasi ommaviy tadbirga yig‘ilgan bolalarni urib yuborgan edi.
Foto: Videodan kadr
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov mamlakatda ommaviy tadbirlar o‘tkazishga bolalarni jalb qilishni taqiqlash bo‘yicha topshiriq berdi. U Vazirlar Mahkamasi apparati yig‘ilishida shunday ko‘rsatma bergan, deb yozdi Kaktus.
2 may kuni respublikaning Suzoq viloyatidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tayotgan joyda yuk mashinasi bolalarni urib yuborgan edi. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u mashinani tark etgan va uning qanday harakatlana boshlaganini sezmay qolgan. Keyin esa uning ortidan yetib olishga va to‘xtatishga ulgurmagan. Oqibatda transport vositasi bolalarni urib yuborgan. Haydovchi hibsga olingan, ammo keyinchalik uy qamog‘i sharti bilan qo‘yib yuborilgan.
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisada 32 nafar bola jarohat olgan.
Mavzuga oid
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
21:53 / 26.02.2026