Qoraqalpog‘istondagi universitet 8 ta xorijiy OTM bilan hamkorlikda 20 ta ixtisoslik bo‘yicha Qo‘shma ta'lim dasturini e'lon qildi
Qoraqalpoq davlat universiteti 2021-2022 o‘quv yili uchun xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda Qo‘shma ta'lim dasturi (Double degree programm)ni e'lon qildi. Bu haqda universitet matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Dastur asosida to‘lov-shartnoma shaklida bakalavriatura 11 ta ta'lim yo‘nalishi va 9 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta'lim olish uchun hujjatlar qabul qilinishi boshlangan.
Xorijiy oliy o‘quv yurtlari qatorida:
- Rossiyaning Moskva davlat milliy tadqiqot qurilish universiteti, Milliy tadqiqot yadro universiteti;
- Belarusning Vitebsk davlat texnologiya universiteti, Milliy texnika universiteti, Polessk davlat universiteti, Vitebsk davlat universiteti, Belarus davlat texnologiya universiteti;
- Malayziyaning Linkoln kolleg universitetlari bor.
Qoraqalpoq davlat universitetiga ko‘ra, bitiruvchilar ikkita diplomga ega bo‘ladilar.
Ma'lumot uchun, qabul komissiyasiga 2021 yilning 20 avgustidan 15 sentyabriga qadar hujjatlarni topshirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan o‘quv yilida Qoraqalpoq davlat universitetida koronavirus sabab masofaviy ta'lim shakliga o‘tkazilgan fakultetlari soni 6 tani tashkil qilgandi
Mavzuga oid
10:30 / 10.11.2024
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda piyoda vafot etdi
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
18:32 / 28.10.2024