Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reding universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Reding universiteti rektori, professor Van de Nurt bilan uchrashuv o‘tkazib, ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirish hamda universitetning O‘zbekistonda o‘z kampusini tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Foto: dunyo.info
Uchrashuv davomida tomonlar qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va malaka oshirish yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Professor Van de Nurtning ma’lum qilishicha, Reding universiteti O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan bir qator ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyor. Xususan, xorijiy tillarni o‘rgatish, qishloq xo‘jaligi fanlari hamda meteorologiya yo‘nalishlarida qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari qayd etildi.
Tashrif yakunida elchi mazkur universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ham muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda universitet mas’ullari vatandosh talabalarning bilim saviyasi va salohiyati yuqori ekanini alohida e’tirof etdi.
Ma’lumot uchun, Reding universiteti 1892 yilda University Extension College sifatida tashkil etilgan, 1926 yilda esa rasman universitet maqomini olgan. Ayni paytda unda 20 ming nafarga yaqin talabalar tahsil oladi, 4 ming nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Universitetda tabiiy, aniq, gumanitar va ijtimoiy fanlar, biznes, xorijiy tillar, san’at hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr va magistratura dasturlari mavjud.
Mavzuga oid
17:58 / 26.11.2025
O‘zbek-fransuz universiteti tashkil etiladi
07:30 / 10.10.2025
Infografika: eng ko‘p milliarderlarni chiqargan universitetlar
09:58 / 27.09.2025
Komil Allamjonov Jorj Vashington universitetining Markaziy Osiyo dasturi bo‘yicha maxsus maslahatchisi etib tayinlandi
12:03 / 18.09.2025