Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
Transport vazirligi binosi 1 soat-u 18 daqiqa davom etgan auksionda 187,7 mlrd so‘mga sotildi. G‘olib – «Samarador» MChJ. Vazirlik Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tadi.
16 dekabr kuni E-auksion platformasida Toshkent shahri, Shayxontohur tumani Zulfiyaxonim ko‘chasida joylashgan Transport vazirligining binosini sotish bo‘yicha savdolar bo‘lib o‘tdi.
Savdolar 1 soat-u 18 daqiqa davom etdi va 14 qadamdan so‘ng yakunlandi. G‘olib «Samarador» MChJ bo‘ldi. Kompaniya 187 mlrd 735 mln so‘m taklif qildi, bu boshlang‘ich narx (115 mlrd 954 mln so‘m)dan qariyb 62 foizga ko‘p.
«Samarador» MChJ haqida

«Samarador» MChJ 2017 yilning avgustida Qoraqalpog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniyaning 100 foiz ulushi Baxtiyor Mahkamovga tegishli. U, shuningdek, Euroroads, Vision Soft, Cyber Soft Space, Nomadiary, Angelvest, Euro-Road kabi kompaniyalarda ham ulushlarga ega. Tashkilotning rahbari sifatida Akilov Farrux Toxirovich ko‘rsatilgan. Ustav fondi – 25,7 mlrd so‘m.
Avvalroq, Qurilish vazirligining binosi 182,5 mlrd so‘mga «O‘zshahar qurilish invest» MChJga, Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolari Anorbankka 440 mlrd so‘mga sotilgandi. Bu tashkilotlar Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
17:27 / 02.06.2026
Farg‘onadagi Uzsungwoo korxonasining 50 foizlik davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi
11:37 / 28.05.2026
“UzChasys” zavodidagi 70 foizlik davlat ulushi qariyb 333 mlrd so‘mga sotildi
20:45 / 15.05.2026
Qurilish vazirligi binosi 196 mlrd so‘mga sotildi. Bu dastlabki xususiylashtirishdan 14 mlrd so‘mga yuqori narx
12:32 / 13.05.2026