“UzChasys” zavodidagi 70 foiz davlat uluşi auksionda 332 mlrd 961 mln sömga sotildi. 

25 may kungi savdo 184 mlrd 978 mln söm boşlanğiç narx bilan boşlandi. Auksion 16 ta narx taklifidan iborat böldi va 51 daqiqa davom etdi.

Yakunda 332 mlrd 961 mln sömlik taklif bilan "Best Pipe and Pars" AJ ğolib böldi. Bu boşlanğiç narxdan 80 foizga yuqori.

Xaridor bitimdan söng kamida 10 yil davomida korxonaning asosiy faoliyat turini saqlab qolişi, şuningdek, işlab çiqariş uskunalarini xarid qiliş va sotişda “Özavtosanoat” bilan kelişişi şart.

Ma’lumot uçun, agar xaridor savdolar yakunlanganidan keyin 5 iş kuni içida aktiv uçun tölovni amalga oşirmasa yoki oldi-sotdi şartnomasini tuzişdan boş torsa, taklif ikkinçi eng yuqori narx bergan iştirokçiga ötkaziladi. Takroriy rad etiş holatida lot qayta savdoga qöyiladi.

“UzChasys” zavodi haqida

“UzChasys” zavodi Namangan viloyati, Davlatobod tumani, quruvçilar köçasi, 50-uyda joylaşgan. Majmua 4,14 gektar maydonni egallaydi, sexlar va yordamçi binolarning umumiy maydoni esa 19,2 ming kvadrat metrni taşkil qiladi. Faoliyat turi — avtomobillarga yoritiş çiroqlari işlab çiqariş.

Korxona 2008 yilda Janubiy Koreyaning “AMS Co Ltd” kompaniyasi va “Özavtosanoat” iştirokida taşkil etilgan. 2025 yil yakuniga köra “UzChasys” sof foydasi 40,76 milliard sömni taşkil qilgan, zavodda mingdan ortiq xodim işlaydi. 

Xaridor haqida

"Best Pipe and Pars" 1996 yilda taşkil etilgan. Asosiy faoliyat turi — avtotransport vositalari uçun butlovçi qismlar va aksessuarlar işlab çiqariş. Ustav kapitali — 297 mln söm. Kompaniya ilgari “Uz-Dongwon Co” nomi ostida faoliyat olib borgan.

"Best Pipe and Pars" ötgan yil davomida ham bir qator yirik aktivlarni xarid qilgandi. Xususan, 2025 yilning fevral oyida “Avtokomponent” kompaniyasining 98,8 foiz uluşini 105 mlrd sömga, avgustda esa avtomobil konditsionerlari işlab çiqaruvçi “Avto Climate Control” kompaniyasining 100 foizini 230 mlrd sömga sotib olgandi.