Farğona viloyatida joylaşgan Uzsungwoo korxonasining 50 foizlik davlat uluşi “Roodell” MÇJga 585,8 mlrd sömga sotildi.

Savdolar 1 iyun kuni bölib ötdi va 34 daqiqa 36 soniya davom etdi.

E-auksion ma’lumotlariga köra, lotning boşlanğiç narxi 390,5 mlrd söm etib belgilangan bölib, savdolar yakunlanişida ğolib taklifi 585,8 mlrd sömni taşkil etdi. Yakuniy narx boşlanğiç qiymatdan qariyb 195,3 mlrd sömga yoki 50 foizga yuqori şakllangan.

Uzsungwoo – UzAuto Motors uçun butlovçi ehtiyot qismlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxona. Farğona şahrigi korxonada 1060 nafar xodim işlaydi.

Auksion hujjatlariga köra, 2025 yil 1 oktyabr holatida korxonaning sof foydasi 146,6 mlrd sömni taşkil etgan. Asosiy fondlarning balans qiymati 396,9 mlrd söm, aylanma aktivlari esa 493,6 mlrd söm etib baholangan.

Davlat uluşini xarid qilgan investor korxonaning asosiy faoliyat turini kamida 10 yil davomida saqlab qolişi, şuningdek, avtomobilsozlik tarmoğiga oid qator majburiyatlarni bajarişi kerak böladi. Xususan, korxona faoliyati bilan boğliq ayrim qarorlar «Özavtosanoat» bilan kelişilgan holda qabul qilinişi nazarda tutilgan.

“Roodell” MÇJ haqida

Aktivni sotib olgan “Roodell” MÇJ – ADM Global avtomobil holdingi tarkibiga kiradi. Guruh Özbekistonda Kia, Chery, Haval, Tank va Changan brendlarining distribyutsiyasi hamda avtomobil komponentlari işlab çiqariş bilan şuğullanadi.

Korxona 2012 yilda taşkil etilgan, faoliyat turi – avtomobillarning ulgurji savdosi. Ustav fondi 220,2 mlrd sömni taşkil etadi.

Ta’sisçilari:

– Asrorov Mirbahrom Aroroviç (33,40 foiz);

– Davletiyarov Daniyar Begdullayeviç (33,30 foiz);

– Şaripov Murod-Mirza Şarifjon öğli (33,30 foiz).