Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FHDYo organlari tomonidan ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun qancha miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi?
Foto: Norma.uz
Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-son, 2012 yil 25 apreldagi “Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yig‘imi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 119-son qarorlari hamda Adliya vazirligining 15.03.2012 yil 29-um-sonli “FHDYo organlari tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, fuqarolardan eng kam oylik ish haqiga nisbatan quyidagi to‘lovlar undiriladi:
1. Birinchi marta tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma uchun faqat gerb yig‘imi undiriladi, ya'ni 15% - 30.409 so‘m.
Takroran tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma uchun: jami 60.990 so‘m undiriladi, jumladan, davlat boji 15%- 30.409 so‘m, gerb yig‘imi 15%-30.409 so‘m.
2. FHDYo bo‘limi binosida nikohni qayd etish: jami 70.955 so‘m undiriladi, jumladan davlat boji 20% - 40.546 so‘m, gerb yig‘imi 15%-30.409 so‘m.
Nikohni tantanali ravishda qayd etish, joyiga chiqib sayyor ravishda (transport xarajatlaridan tashqari) jami 273.685 so‘m undiriladi. Jumladan davlat boji 20 %-40.546 so‘m, gerb yig‘imi 15 %-30.409 so‘m, pullik xizmat 100%-202.730 so‘m;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el fuqarolari bilan hamda chet el fuqarolarining nikohlarini qayd etish: davlat boji 50$-davlat kursida, gerb yig‘imi 15%-30.409 so‘m.
Takroran nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma uchun: jami 60.990 so‘m undiriladi, jumladan, davlat boji 15%- 30.409 so‘m, gerb yig‘imi 15%-30.409 so‘m.
3. Er-xotinning o‘zaro roziligi asosida FHDYo bo‘limida nikohni bekor qilish: jami 354.777 so‘m undiriladi. Davlat boji 150% - 304 095 so‘m, gerb yig‘imi 15%-30.409 so‘m (har ikkalasidan), tushuntirish berganligi uchun pullik xizmat 10%- 20.273 so‘m;
Sud qaroriga asosan nikohni bekor qilish: hal qiluv qarorida ko‘rsatilgan davlat boji hamda gerb yig‘imi 15%-30.409 so‘m (har ikkalasidan) undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el fuqarolari bilan nikohlarini bekor qilish: davlat boji 100-150$gacha-davlat kursida, gerb yig‘imi 15%-30.409 so‘m
Takroran nikohdan ajralganligi haqidagi guvohnoma uchun: jami 60.990 so‘m undiriladi, jumladan, davlat boji 15%- 30.409 so‘m, gerb yig‘imi 15%-30.409 so‘m.
4. Birinchi marta va takroran o‘lim haqidagi guvohnoma uchun gerb yig‘imi undirilmaydi.
O‘lim haqidagi takroriy guvohnoma berish: faqat davlat boji 15%-30.409 so‘m undiriladi.
5. Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish: jami 50.768 so‘m undiriladi, jumladan, davlat boji 10% - 20.273 so‘m, gerb yig‘imi 15%-30.409 so‘m;
6. F.I.O o‘zgartirish: (16 yoshdan 18 yoshgacha) jami 152.047 so‘m undiriladi, shundan davlat boji 50%- 101.365 so‘m, gerb yig‘imi 15%-30.409 so‘m, tushuntirish berganligi uchun pullik xizmat 10%- 20273 so‘m;
F.I.O o‘zgartirganlik uchun (18 yoshdan yuqori) jami 253.412 so‘m undiriladi, jumladan, davlat boji 100%- 202.730 so‘m, gerb yig‘imi 15%-30.409 so‘m, tushuntirish berganligi uchun pullik xizmat 10%- 20273 so‘m;
7. Dalolatnoma yozuvlarini tiklash: jami 70.955 so‘m undiriladi, jumladan, davlat boji 10%- 20.273 so‘m, gerb yig‘imi 15%-30.409 so‘m, tushuntirish berganligi uchun pullik xizmat 10%- 20.273 so‘m
8. FHDYo bo‘limi xodimlari tomonidan barcha turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bilan bog‘liq arizalarni to‘ldirishda yordam ko‘rsatganlik uchun: 2%-4054 so‘m pullik xizmat undiriladi.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, davlat va jamiyat manfaatlarining ustuvorligini ta'minlash hamda korruptsiogen holatlarni oldini olish maqsadida, FHDYo organlari tomonidan belgilangan to‘lovlardan ortiqcha undirish holatlar mavjud bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 1148 “Ishonch telefoni”ga murojaat qilish mumkin.
Mavzuga oid
16:17 / 10.11.2025
Tibbiyot xodimlariga davlat xizmatlari to‘lovi 2 baravar kamayadi
13:40 / 13.10.2025
Koreyadagi elchixona FHDYoni qayd etish bo‘yicha xorijdagi elchixonalar orasida 1-o‘rinda turibdi
13:54 / 19.09.2025
Yerlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish takomillashtiriladi
11:07 / 17.09.2025