12:02 / 12.03.2019
10547

Daraxtlarni o‘zboshimchalik bilan kesib tashlaganlik uchun jarimalar oshiriladi

Foto: bec39. com

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi mumkin:

45-moddaning (Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish) sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha” degan so‘zlar “ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

110-modda (It va mushuk boqish qoidalarini buzish):

birinchi qismining sanksiyasidagi “o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa – ikkidan bir qismidan bir baravarigacha” degan so‘zlar “ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

111-moddaning (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

113-modda (Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish):

birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan bir baravarigacha” degan so‘zlar “eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha” degan so‘zlar “ikkidan bir qismidan bir baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

uchinchi qismining sanksiyasidagi “beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha” degan so‘zlar “ikkidan bir qismidan bir baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

to‘rtinchi qismining sanksiyasidagi “yigirmadan bir”degan so‘zlar “beshdan bir” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

beshinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

148-moddaning (Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza qilish qoidalarini buzish) sanksiyasidagi “to‘rtdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

162-moddaning (Shaharlardagi daraxtlarni shikastlantirish yoki ularni o‘zboshimchalik bilan kesib tashlash) sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “ikkidan bir qismidan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

Top