Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorga qo‘llangan 7,4 mlrd so‘mlik noqonuniy jarima bekor qilindi
Soliq organi sayyor tekshiruvda tadbirkorga 7,4 mlrd so‘m jarima solgan. Bunga sabab sifatida 37,4 mlrd so‘mlik uy-joy savdosi uchun elektron hisobvaraq-fakturalar muddatida rasmiylashtirilmagani keltirilgan. Mazkur holat «yashiringan tushum» deya baholangan. Sud qarorini haqiqiy emas deb topdi.
Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi «E.H.G» MChJ o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi natijasidan norozi bo‘lib murojaat qildi, deya xabar berdi Biznes-ombudsman matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektida o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida 37,4 mlrd so‘mlik uy-joylar savdosi uchun elektron hisobvaraq-fakturalar muddatida rasmiylashtirilmagani aniqlangan. Soliq organi ushbu holatni Soliq kodeksining 223-moddasiga asosan «yashiringan tushum» deya baholab, tadbirkorga nisbatan 7,4 mlrd so‘m miqdorida jarima qo‘llagan.
Tadbirkorning Soliq qo‘mitasiga qilgan shikoyati natija bermagach, nizo sudga ko‘chgan. Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining inspeksiya zimmasiga tekshiruv materiallarini qayta ko‘rib chiqish majburiyatini yuklaganiga qaramay, soliq organi o‘z qarorida qat’iy qolib, jarimani o‘z kuchida qoldirgan.
«Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasida tadbirkorning qonuniy matfaatlari Biznes-ombudsman tomonidan himoya qilindi. Sud vakil devoni tomonidan kiritilgan huquqiy asoslarni ko‘rib chiqib, inspeksiya hamda Soliq qo‘mitasi qarorlarini haqiqiy emas deb topdi. Yakuniy qarorga ko‘ra, tadbirkorga nisbatan qo‘llangan 7,4 mlrd so‘mlik jarima bekor qilindi», deyiladi Biznes-ombudsman xabarida.
Avvalroq tadbirkorning loyiha hujjatlarini asossiz kechiktirgan qurilish boshqarmasi xodimi javobgarlikka tortilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:45 / 17.06.2026
Soliq oliy maktabida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari ochiladi
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
11:55 / 12.06.2026
Namanganda “chempion” tadbirkorlar va yirik investitsiya loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi
19:40 / 09.06.2026